Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI RAHBARLARINING MASLAHAT UCHRASHUVI YAKUNLARI BO‘YICHA BRIFINGDAGI BAYONOTI

2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni Qonunchilik saylovi 2019 yil Qonunchilik saylovi 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Uchrashuvlar Uchrashuvlar Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Sayyohlik Sayyohlik O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI RAHBARLARINING MASLAHAT UCHRASHUVI YAKUNLARI BO‘YICHA BRIFINGDAGI BAYONOTI

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

Xonimlar va janoblar!

Avvalambor, sizlarni, bugun Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan tarixiy anjumanni – Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvini yoritish maqsadida to‘plangan ommaviy axborot vositalari vakillarini samimiy qutlashdan mamnunman.

Ushbu formatdagi doimiy muloqotlarni o‘tkazish tashabbusi hurmatli hamkasblarim – mintaqa yetakchilarining faol qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshmoqda.

Shu munosabat bilan 1998 yili Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining tarixiy ahamiyatini hamda 2018 yilda Nur-Sulton shahridagi Maslahat uchrashuvining samarali natijalarini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Bugungi samimiy muzokaralarimiz ham an’anaviy do‘stlik va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tdi.

Uchrashuvlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining mintaqada ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlashga bo‘lgan intilishi va qat’iy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Biz o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish yo‘lida butunlay hamfikr ekanimizni yana bir bor tasdiqladik.

Uchrashuv dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha bizning qarash va yondashuvlarimiz o‘zaro juda yaqin ekanini namoyish etdi.

Mintaqaning mavjud ulkan iqtisodiy salohiyatidan foydalangan holda, ustuvor sohalarda muloqot va sheriklikni rivojlantirishga kelishib oldik.

Biz davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo to‘siqlarini bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz.

Energetika infratuzilmalarini modernizatsiya qilish va mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalarni ro‘yobga chiqarish niyatidamiz.

Iqtisodiy va transport koridorlarining samarali mintaqaviy tizimini yaratish borasida faol hamkorligimiz bundan keyin ham davom etadi.

Suv resurslaridan birgalikda foydalanish, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish, ekologik xatarlarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ham batafsil fikr almashdik.

Biz innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, “yashil iqtisodiyot” prinsiplarini joriy etish, cho‘llanishning oldini olish orqali Orolbo‘yi muammolarini yechishdagi sa’y-harakatlarimizni muvofiqlashtirib boramiz.

Mamlakatlarimiz mintaqalari o‘rtasida faol muloqotni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ilm-fan, ta’lim, turizm, madaniyat va sport sohalarida qo‘shma tadbirlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib oldik.

Biz Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtirib turadigan umumiy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanimizni bayon etdik.

Muzokaralar chog‘ida mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun ko‘p tomonlama hamkorlik masalalariga ayniqsa jiddiy e’tibor qaratildi. Jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Biz Afg‘oniston mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni faollashtirish tarafdorimiz. Birodar afg‘on xalqiga amaliy yordam ko‘rsatishni, yon qo‘shnimiz bo‘lgan ushbu mamlakatda bevosita ular ishtirokida qo‘shma infratuzilma loyihalarini va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surishni bundan keyin ham jadal davom ettiramiz.

Bu chora-tadbirlar Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlik jarayonlarini ta’minlash, iqtisodiyotni qayta tiklash uchun zarur shart-sharoitlar yaratishiga ishonamiz.

Mintaqamiz davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi formaт́idagi har yil o‘tkaziladigan sammitlar g‘oyatda muhim ekanini barchamiz qat’iy ma’qulladik.

Uchrashuvlarimiz hamkorligimizning eng dolzarb masalalarini ochiqlik va o‘zaro ishonch asosida muhokama qilish uchun samarali muloqot maydoni bo‘lishini yana bir bor tasdiqladi.

Sammit yakunida munosabatlarimiz natijadorligiga xizmat qiladigan muhim hujjatlar qabul qilindi.

Bu o‘rinda, avvalo, Qo‘shma bayonot haqida to‘xtalishni istar edim. Mazkur hujjat bizning mintaqaviy hamkorligimizni har tomonlama chuqurlashtirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi umumiy siyosiy irodamizni yana bir bor tasdiqladi.

Biz Maslahat uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish Reglamentini ma’qulladik. Ushbu hujjat sammitlarga puxta hozirlik ko‘rish, ularni tizimli ravishda o‘tkazish, kelishilgan va o‘zaro manfaatli qarorlar qabul qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Biz Turkmaniston Prezidentining taklifini to‘la qo‘llab-quvvatladik va oqsoqolimiz, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Abishevich Nazarboyevni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvining faxriy raisi etib sayladik.

E’tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi formati qandaydir yangi mintaqaviy tashkilot tuzish haqida gapirishga asos bo‘la olmaydi.

Hurmatli jurnalistlar!

Xonimlar va janoblar!

Markaziy Osiyo – asrlar davomida qondosh xalqlar tinch va totuv yashab kelayotgan jahondagi kam sonli mintaqalardan biridir.

Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o‘xshash mentalitet, ma’naviy-axloqiy qadriyat va an’analar hamda ajralmas do‘stlik chambarchas bog‘lab turadi.

Bularning barchasi xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yo‘lida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorligimiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

So‘zimning yakunida shuni aytishni istardimki, biz oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni rivojlantirishning sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichiga ko‘tarildik.

Hech shubhasiz, birgalikdagi intilishlarimiz bilan oldimizda turgan barcha maqsadlarga albatta erishamiz. Markaziy Osiyoni xavfsiz va barqaror taraqqiyot mintaqasiga, ko‘pqirrali sheriklik makoniga aylantiramiz.

Biz navbatdagi Maslahat uchrashuvimizni kelgusi yili Qirg‘izistonning go‘zal Bishkek shahrida o‘tkazishga kelishib oldik.

E’tiborlaringiz uchun rahmat