Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI

Aziz vatandoshlar!

Mana shu quvonchli lahzalarda siz, azizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman!

O‘tib borayotgan yil mamlakatimiz uchun unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Turli qiyinchilik va sinovlarni ham boshimizdan kechirdik.

Xalqimizning fidokorona mehnati bilan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ulkan yutuqlarga erishdik. Mamlakatimiz salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida yangi qadamlar qo‘yildi.

Iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, yangi transport tizimlari ishga tushirilmoqda.

Mirishkor dehqon va fermerlarimiz, murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, mo‘l hosil yetishtirdilar.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi.

Yil davomida hududlarda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz, xotin-qizlar uchun ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Davlat dasturlari asosida shahar va qishloqlarimiz, yurtimiz qiyofasi butunlay o‘zgarmoqda.

2019 yilda ming-minglab yurtdoshlarimiz, jumladan, kam ta’minlangan oilalar shinam uy-joylarga ega bo‘ldilar.

Ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasida tub burilish davri boshlandi.

Yangi-yangi bog‘cha va maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yetakchi xorijiy universitetlarning filiallari, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda.

Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi tobora kuchaymoqda.

Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda.

Kuni kecha Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar buni yaqqol tasdiqladi. Saylovlar O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lidan ortga qaytmasligini yana bir bor isbоtladi.

Mustaqilligimiz, osoyishta hayotimiz kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati mustahkamlanmoqda.

Tinchliksevar va amaliy tashqi siyosat olib borayotgan davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori ortib bormoqda.

Muxtasar aytganda, 2019 yil yangi O‘zbekiston tarixida har tomonlama yorqin iz qoldirmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Biz milliy yuksalishning muhim bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz.

2020 yilda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz.

Xususiy mulk, tadbirkorlik va biznes uchun yanada qulay muhit yaratishga, yangi ish o‘rinlari tashkil etishga alohida ahamiyat qaratamiz. Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, aholi real daromadlarini ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Odamlarimizning yashash sharoitini, kommunal-maishiy xizmat sifatini yaxshilash, arzon va qulay uy-joylar qurish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yanada kengaytiramiz.

Farzandlarimizga munosib ta’lim va tarbiya berishga, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan ishlarimiz yangi bosqichga ko‘tariladi.

Nuroniy faxriylarimiz, munis opa-singillarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytiramiz.

Ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni doimiy qo‘llab-quvvatlashga birinchi darajali ahamiyat beramiz.

Tinchlik va barqarorlikni, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va ahillikni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.

Bu borada dunyo hamjamiyati, avvalo, yon qo‘shnilarimiz bilan samarali hamkorlikni har tomonlama kuchaytiramiz.

Aziz yurtdoshlarim, qadrdonlarim!

2020 yil har bir oila, har qaysi xonadonga qut-baraka, baxt va omad olib kelsin!

Barcha ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqsin!

Jonajon O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

WWW.PRESIDENT.UZ