Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatda soliq siyosatini takomillashtirish, soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliq yukini izchil kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobоtlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasiga soliq yuki kamaytirildi, aylanma mablagʻlardan olinadigan soliqlar optimallashtirildi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni bekor qilish va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini kamaytirish orqali soliq tizimi qayta koʻrib chiqildi.

Soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish va Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish maqsadida:

1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tadbirkorlik subyektlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olib, davlat soliq xizmati organlarining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun muddat ichida moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda toʻlasa, tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar mazkur huquqbuzarlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan jinoiy va maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.

2. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtadigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organlarida ushbu soliqning toʻlovchisi sifatida majburiy hisobga olinadi va bu qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olishning sharti hisoblanadi;

qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtishda ushbu soliq summasi qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtilgan sanadan avvalgi oxirgi 12 oyda xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tasdiqlangan qoldiqlari boʻyicha realizatsiya hajmiga mos keladigan ulushda hisobga olinadi;

qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish yoki yagona soliq toʻlovini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtiladigan oy boshlanishidan oldin oʻn ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

3. Quyidagilar:

Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda – Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;

Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda – “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

Belgilansinki, “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan byudjet mablagʻlari, Davlat soliq qoʻmitasining byudjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:

a) uch oy muddatdaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:

chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtishda xarid qilingan tovarlar uchun toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (“tax free”) tartibini belgilash;

coliqlar boʻyicha toʻlovlarni keyinchalik boʻlib-boʻlib foizi bilan qaytarish orqali kamaytirishni nazarda tutuvchi “investitsiyaviy soliq kreditlari” institutini joriy etish;

soliq toʻlovchi – yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor unga nisbatan qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab, qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar miqdorining 50 foizini oʻn kun davomida ixtiyoriy ravishda toʻlaganda, uni jarima summasining qolgan qismini toʻlashdan ozod etish boʻyicha moliyaviy jarimalarni undirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish;

yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash maqsadida yalpi tushumning chegaraviy miqdorini sunʼiy pasaytirishga qaratilgan xatti-harakatlarga (boʻlinish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va boshqalar) chek qoʻyish choralarini koʻrish, mazkur holatlar aniqlanganda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summasiga davlat soliq xizmati organlari tomonidan tuzatish kiritish va ularni sud tartibida undirish mexanizmlarini joriy etish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar buxgalteriya hisobini amalga oshirish hamda soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasida real vaqt rejimida maʼlumotlar almashish imkonini beradigan, soliq hisobоtini topshirish tizimi bilan integratsiya qilingan buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda – Yagona axborot tizimi) ishlab chiqsin va joriy qilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi bazasida quyidagilarni taʼminlaydigan “Yuk tashishlar monitoringi” axborot platformasini (keyingi oʻrinlarda – Axborot platformasi) ishlab chiqishni taʼminlasin:

yuk tashuvchilar tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini (schyot-faktura (invoys), yuk xati va boshqa hujjatlarni) roʻyxatdan oʻtkazish;

yuk joʻnatuvchilar va uni qabul qilib oluvchilar tomonidan real vaqt rejimida tovarlar harakatini monitoring qilish.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

Yagona axborot tizimidan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ushbu dasturiy mahsulotni qoʻllagan davrida tekshirilmaydi;

yuk tashuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini Axborot platformasida majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

a) ikki oy muddatda:

xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davlat soliq xizmati organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari sifatida hisobga olish tartibini ishlab chiqsin;

onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari bilan tasdiqlangan xarajatlar boʻyicha jismoniy shaxslarga daromad, mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha chegirmalar berish yoki cheklarda koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarib berish tartibini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat coliq xizmati organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi (KPI) koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, ularni moddiy ragʻbatlantirish, xizmatda lavozimini oshirish, mukofotlash, intizomiy choralar qoʻllash tizimini joriy etsin;

Savdo-sanoat palatasi va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan birgalikda insofli tadbirkorlarni ragʻbatlantirish va jamoatchilik nazoratini rivojlantirish maqsadida “Chekni talab qil va sovgʻa yutib ol” ommaviy aksiyalari oʻtkazilishini tashkil etsin;

v) Ctrategiyani amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati keng yoritilishini taʼminlasin hamda Ctrategiyani amalga oshirish doirasida ommaviy axborot vositalari, ilmiy doira va xorijiy ekspertlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb etgan holda joylarda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini tashkil etsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 10-iyul

www.uza.uz