Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GERMANIYADAGI ELCHIXONASI VA FRANKFURT-MAYN SHAHRIDAGI BOSH KONSULXONASIDA SAYLOV UCHASTKALARI TASHKIL ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GERMANIYADAGI ELCHIXONASI VA FRANKFURT-MAYN SHAHRIDAGI BOSH KONSULXONASIDA SAYLOV UCHASTKALARI TASHKIL ETILDI

BERLIN, 6 noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlarga mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Joriy yildagi saylovda xorijda istiqomat qilayotgan barcha vatandoshlarimiz uchun yanada qulay ovoz berish imkoniyatlari yaratilmoqda. Xususan, avvallari ushbu tadbirda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanar edi. Endi esa chet elda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari ham diplomatik vakolatxonalarimizda tashkil etilgan saylov uchastkalariga murojaat etishi yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sahifasidan ro‘yxatdan o‘tib, tegishli saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida 140-sonli Darxon saylov okrugining 8 va 47-saylov uchastkalari tashkil qilindi. Ularda saylov jarayonini yuqori saviyada amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Elchixona konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimizning 4 mingga yaqin fuqarosi konsullik ro‘yxatida qayd etilgan. Ularning aksariyati Germaniya hududida istiqomat qiladi. Shu bilan birga, konsullik okrugiga qarashli Shvetsiya, Chexiya va Shveysariyada tahsil olayotgan yoki vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlar parlament saylovida qatnashishga katta qiziqish bildirmoqda.

Markaziy saylov komissiyasining “Saylov qonunchiligi targ‘ibоti oyligini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xorijdagi fuqarolarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularni saylov jarayonida faolligini oshirish, siyosiy bilim saviyasini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibоt va tashviqot ishlari amalga oshirish dolzarb masala sifatida belgilangan.

Elchixonaning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va Germaniya ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlar keng tarqatilmoqda.

Bundan tashqari konferensiyalar, “davra suhbatlari” va boshqa turli tadbirlarda Germaniya jamoatchiligi vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lida bajarilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovni ochiq va shaffof tarzda o‘tkazish borasidagi sa’y-harakatlar haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Dunyo AA