Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida soliq yukini kamaytirish va tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishdagi nomutanosibliklarni qisqartirish bo‘yicha choralar amalga oshirildi.

Iste’mol bozorining barqarorligini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ining uzluksiz "zanjiri"ni shakllantirish maqsadida:

1. 2019 yil 1 oktabrdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirilsin.

2. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishning amaldagi tartibi bekor qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasida davlat soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining tijorat banklaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni “tahlika-tahlil” natijalari va oldini olish choralarini ko‘rish asosida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish tartibi belgilanishini nazarda tutsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yilgi Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda:

davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq qismi davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 25 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishini;

dividend shaklidagi to‘lanadigan daromadlarga soliq stavkasini saqlab qolgan holda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasining 15 foiz miqdorida belgilanishini;

qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi bekor qilinishini nazarda tutsin.

4. Belgilansinki, ilgari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobiga to‘langan yagona soliq to‘lovi summasi 2019 yil 1 oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng tushuntirilishini tashkil etsin.

6. 2019 yil 1 oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.G‘ulomov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2019 yil 26 sentabr

www.uza.uz