Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON SAYYOHLIK SALOHIYATI YEVROPA KATALOGLARIDA NAMOYISH ETILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON SAYYOHLIK SALOHIYATI YEVROPA KATALOGLARIDA NAMOYISH ETILMOQDA

FRANKFURT-MAYN, 28 oktabr. /“Dunyo” AA/. So‘ngi yillarda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va bu sohada mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar keng xorijiy jamoatchilik diqqat markazida bo‘lmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yevropaning yirik oziq-ovqat savdosi tarmoqlaridan biri hisoblangan “LIDL” kompaniyasi “Lidl-Reisen.de” biznes-loyihasi doirasida barcha do‘konlari orqali tarqatiluvchi maxsus sayyohlik katalogiga O‘zbekiston bo‘yicha yangi turpaket reklamasini joyladi.

Xususan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari haqidagi ma’lumotlar hamda milliy hunarmandchilik namunalari aks ettirilgan axborot materialida mamlakatimiz bo‘ylab 9 kunlik sayyohlik yo‘nalishi taklif etilgan.

Masalan, “7-kun: Samarqand. Bugun siz Samarqand shahri bo‘ylab sayohat qilishni boshlaysiz. Boshqa tarixiy obidalar qatorida uchta yirik madrasadan tashkil topgan bebaho Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi hamda matematik va astronavt Ulug‘bek rasadxonasi sizni kutmoqda”, - deb ta’rif berilgan materialda.

Ushbu sayyohlik katalogi “LIDL” do‘konlari tarmog‘ida tarqatilmoqda va kompaniyaning veb-saytiga joylashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, 1936 yilda asos solingan “LIDL” oziq-ovqat savdosi tarmog‘i dunyo bo‘ylab 10 mingdan ortiq do‘konga ega bo‘lib, ularning asosiy qismi Yevropaning 28 mamlakati va AQShda joylashgan. Mazkur do‘konlarning barchasida maxsus sayyohlik burchagi mavjud va shu orqali kompaniya o‘zi tashkil etayotgan sayyohlik paketlarini taklif etadi.

“Dunyo” AA