O‘zbekiston taklifiga muvofiq muhim hujjatlar qabul qilindi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi. A’zo mamlakatlar o‘rtasida turli sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, ShHTning boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligiga doir 22 ta hujjat imzolandi.
O‘zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHTga a’zo mamlakatlarning raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi hamda Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga 2019-2020 yillar davrida raislik Rossiya Federatsiyasiga o‘tdi.