O’ZBEKISTON TASHABBUSI BILAN BMT YEVROPA IQTISODIY KOMISSIYASI QURITILGAN QOVUN MAHSULOTI BO’YICHA BIRINCHI XALQARO SIFAT STANDARTINI QABUL QILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

JENEVA, 25-noyabr. /"Dunyo" AA/. O’zbekiston tashabbusi bilan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining (YIK) qishloq xo’jaligi sifat standartlari bo’yicha ishchi guruhi quritilgan qovun uchun birinchi xalqaro standartni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Komissiyaning mazkur hujjat qabul qilinishi munosabati bilan taqdim etgan xabarida ta’kidlanishicha, dunyoda har yili to’qqiz million tonnadan ortiq turli navdagi qovun yetishtiriladi. Qovunlarning aksariyati yangi uzilishi bilan iste’molga chiqariladi. Shuning uchun ushbu poliz mahsuloti dunyoning ko’plab mintaqalari, xususan Markaziy Osiyo bozorlarida mo’l-ko’lchilikni ta’minlaydigan ne’matlardan biri sanaladi. Ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekistonda bir yilda yetishtiriladigan bir million tonna qovunning atigi 27 ming tonnasi xorijga eksport qilinadi.
O’zbekistonda so’nggi yillarda zamonaviy quritish texnologiyalarini joriy etishga jalb qilingan sarmoyalar o’z navbatida quritilgan qovun mahsulotlari eksport hajmining oshishi va yangi ish o’rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Ma’lumki, quritilgan qovun inson organizmi uchun to’yimli ozuqa bo’lishi barobarida A, R, S va boshqa ko’plab zarur vitaminlarga boy, shuningdek tabiiy shifobaxsh xususiyat va quvvatga ega.
Quritilgan qovun uchun birinchi xalqaro standart «O’zstandart» agentligi, respublikamizning manfaatdor vazirlik va idoralari ekspertlari tomonidan YIK qishloq xo’jaligi sifat standartlari bo’yicha ishchi guruhi ko’magida ishlab chiqildi. Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonda faoliyat yuritadigan texnik ishchi guruhlardan iborat mazkur ekspertlar guruhi BMT YIK, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Avstriyaning «Hilfswerk Austria International» (“Avstriya xalqaro ko’mak tashkiloti”) va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tomonidan qo’llab quvvatlanadi.
O’zbekiston va boshqa mamlakatlarda quritilgan qovun sifatini oshirish mazkur poliz mahsulotining eksport bozoriga chiqishi va uning dunyo bo’ylab iste’molchilari safi kengayishiga ko’maklashadi. Bu o’z navbatida, BMTning 2030 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan barqaror taraqqiyot sohasidagi maqsadlariga hamohang tarzda qovun yetishtiruvchilarning daromadini oshishi, yangi ish o’rinlarini yaratilishiga imkon yaratadi.
Dunyo" AA