O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrifi davomida "Termiz" xalqaro savdo markazi faoliyati bilan tanishdi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
"Xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilari bilan birgalikda Surxondaryo viloyatiga borib, hududning ulkan iqtisodiy salohiyatini muhokama qildik, – deb yozdi O’zbekiston TIV rahbari o’zining telegram-kanalida. – O’zbekiston va Afg’oniston chegarasida joylashgan "Termiz xalqaro savdo markazi" nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo ishbilarmonlari uchun savdo rivojiga xizmat qiladigan o’ziga xos xab bo’lishi shubhasiz".
Eslatib o’tamiz, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug’bek Qosimov kecha Xitoy elchisi Yuy Szyun, Germaniya elchisi Manfred Xuterer, Chexiya elchisi Lyubomir Frebort, Qatar elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim, Birlashgan Arab Amirliklari elchisi Muhammad Doxeriy bilan uchrashuv o’tkazgan edi. Unda xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga Afg’oniston bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, "Termiz" xalqaro savdo marazi, u yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.