O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi "Markaziy Osiyo – Ko’rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" strategik muloqotining 2-sammitini yoritish uchun xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiya qilish boshlanganini e’lon qildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2025-yil 5-may kuni Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan "Markaziy Osiyo – Ko’rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" strategik muloqotining ikkinchi sammitini yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish boshlanganini ma’lum qildi
TIV ma’lumotiga ko’ra, xorijiy OAV vakillarining arizalari 2025 yil 24-aprel Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar O’zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali yoki to’g’ridan-to’g’ri GCC2025@mfa.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan murojaatlar, shuningdek zarur ma’lumotlarsiz va to’ldirilgan so’rovnomasiz arizalar ko’rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Shu bilan birga, sammitni yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAVning topshirgan arizalari TIV tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to’g’risidagi tasdiqnomasiz O’zbekistonga tashrif buyurish va jurnalistik faoliyati bilan shug’ullanish uchun asos bo’la olmaydi.
Qo’shimcha savollar yuzasidan TIV matbuot xizmatiga press@mfa.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilish mumkin.