O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xodimlari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xodimlari poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, g‘azal mulkining sultoni haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA
Buyuk bobokalonimiz tavalludining 582 yillik tantanalari munosabati bilan joriy yil O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan keng xalqaro akademik jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, navoiyxonlik kechalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Mazkur anjumanlarda navoiyshunos olimlar, ilm-maʼrifat vakillari, shoirlar, tarjimonlar va o‘zbek mumtoz adabiyoti ixlosmandlari Navoiy ijod gulshanining jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr bildirmoqda.
O‘zbekistonning xorijiy diplomatik missiyalari tomonidan Alisher Navoiy tavallud sanasiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘lamdagi tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.
“Dunyo” AA