“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” KOMPANIYASINING 2015-YIL BIRINCHI CHORAK YAKUNLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Milliy matbuot markazida “O’zbekiston temir yo’llari” kompaniyasining 2015-yil birinchi chorak yakunlari va elektrifikatsiya loyihalariga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Unda kompaniya bosh menenjeri-bosh muhandisi Sherzod Ismatullayev va kompaniyaning o’ndan ortiq boshqarma boshliqlari, tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek,joriy yilning o’tgan birinchi choragida “O’zbekiston temir yo’llari” kompaniyasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni “2014-yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan eng muxim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan” Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida belgilangan vazifa va topshiriqlarni bajarishga qaratdi. Shuningdek, 2015-yilda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni jadallashtirishga yo’naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirishga, kompaniya iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi ko’rsatkichlarning bajarilishiga asosiy e’tibor berildi. Jumladan, “Angren-Pop” yangi elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasi qurilishini tashkillashtirish” loyihasini amalga oshirishga, ijtimoiy sohani rivojlantirishga hamda kompaniya ishchi-xizmatchilarining daromadlarini va turmush darajasini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirib, temir yo’l transportining ish yakunlarini baholovchi asosiy ko’rsatkichlarning bajarilishini ta’minlashga erishildi.
Matbuot anjumanida e’tirof etilishicha, kompaniya stansiyalaridan 2015-yilning yanvar-mart oylarida 16,6 mln. tonna yuk ortilib, 2014-yilning shu davriga nisbatan 670 ming tonnadan ko’proq yuk o’z manzillariga yetkazib qo’yildi va o’sish 104,2 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida kompaniyada ko’rsatilgan eksport xizmatlari hajmi 78,3 mln. dollarni tashkil qildi. Bu prognozga nisbatan 100,1% demakdir. Joriy yilning o’tgan davrida yo’lovchi aylanmasi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 101,3 foizni tashkil etdi. 4,5 mln. yo’lovchi o’z manzillariga olib borib qo’yildi, bu o’tgan yilga nisbatan 214 ming yo’lovchiga ko’p.
2015-yilning hisobot davrida kompaniyaning sanoat korxonalarida taqqoslama narxlarda 69,1 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Jumladan, yangi yuk va yo’lovchi vagonlari qurish, harakatdagi tarkibni ta’mirlash, modernizatsiya qilish, qayta tiklash bo’yicha samarali ishlar olib borildi. Bu o’tgan yil hisobotiga nisbatan 107 foizni tashkil etadi.
Joriy yilning hisobot davrida 437 ta vagonlarning xizmat muddati uzaytirildi. Shulardan 138 tasi yopiq, 21 tasi platforma, 111 tasi poluvagon, 52 tasi sisterna va 115 tasi boshqa vagonlardir. Joriy yilning hisobot davrida jami 22 ta lokomotiv ta’mirlandi.
44,3 km . temir yo’l reabelitatsiya qilindi, 20 km yangi temir yo’l qurildi.
Kompaniya bo’yicha Mahalliylashtirish Dasturi doirasida 34 yarim mlrd so’mlik 24 ta loyiha rejalashtirilgan bo’lib, hisobot davrida ushbu loyihalar bo’yicha 7,9 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz, Samarqand-Buxoro elektrlashtirish loyihalari hamda yangi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi olib borilmokda. Maroqand-Qarshi temir yo’l uchastkasi elektrlashtirish loyihasi bo’yicha o’tgan 2014-yilda temir-beton tayanchlar o’rnatish ishlari tugatildi. 3130 donadan ortiq konsollar o’rnatilib, Maroqand bekatidan to Niguz bekatigacha bo’lgan oraliqda uzunligi 106 km.ga yaqin kontakt tarmog’i tarqatildi. Hozirda ushbu masofada ta’mir taftish ishlari olib borilmokda. Matbuot anjumanida jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
“Jahon” AA