“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” XITOYDAN 11 TA ELEKTR POYEZDLARINI XARID QILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O’zbekiston temir yo’llari” Davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi Xitoyning “CNTIC-CNRDLRC” kompaniyasidan zamonaviy elektr poyezdlarini sotib olish bo’yicha loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirishni boshladi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Kompaniyaning bosh muhandis-menedjeri Sherzod Ismatullayevning ma’lum qilishicha, “O’ZEL” rusumidagi 11 ta elektr poyezdlarini sotib olish uchun shartnoma imzolangan. Ularning birinchi partiyasi joriy yilning oxirida olib kelinadi.
“O’ZEL” rusumidagi elektr poyezdlari bugungi kunda dunyodagi elektr poyezdlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Ular o’zbekistonlik temir yo’lchilar tomonidan taqdim etilgan texnika talablariga muvofiq, Yaponiyaning “Toshiba” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Umuman olganda, 2020-yil oxiriga qadar “O’zbekiston temir yo’llari” Davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi 32 ta zamonaviy elektr poyezdlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
“Jahon” AA