O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASI KXDR FUTBOLCHILARINI 3:1 HISOBIDA MAG‘LUBIYATGA UCHRATDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi yettinchi turi doirasida “Paxtakor” markaziy stadionida KXDR terma jamoasini qabul qildi.
O‘yindan avval terma jamoamiz hisobida 9, KXDR hisobida esa 13 ochko bor edi. Hatto durang natija ham hamyurtlarimizning guruhdan chiqish imkoniyatlarini ancha pasaytirib yuborardi. Shu bois futbolchilarimiz o‘yinni hujumkorlik bilan boshladi.
Ammo 3-daqiqada KXDR terma jamoasi qarshi hujumda hisobni ochdi. Futbolchilarimizning yuqori tayyorgarligi, o‘z kuchiga ishonchi va stadionni to‘ldirgan muxlislar olqishi o‘z samarasini berdi. Server Jeparov tomonidan oshirilgan to‘pni 24-daqiqada terma jamoamiz hujumchisi Igor Sergeyev darvozaga aniq yo‘lladi – 1:1.
Uchrashuvda futbolchilarimiz taktik va jismoniy ustunlikka ega bo‘ldi.66-daqiqada Sardor Rashidov tomonidan oshirilgan to‘pni Aleksandr Geynrix aniq yakunladi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Sardor Rashidov qarshi hujumda Odil Ahmedovni to‘p bilan ta’minladi va jamoamiz sardori uni golga aylantirdi.
Shu tariqa terma jamoamiz a’zolari 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 12 taga yetkazdi va guruhdagi mavqeini mustahkamlab oldi.
Milliy terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvni 17-noyabr kuni safarda Yaman terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
O‘zA