O‘zbekiston TIV rahbari Sloveniya Bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Sloveniya Bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA
TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida turli shakldagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish bo‘yicha fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar Toshkentda O‘zbekiston-Sloveniya biznes-forumi muvaffaqiyatli boshlanganini olqishladi va ishbilarmon doiralar o‘rtasida yaqin aloqalarni davom ettirish zarurligini qayd etdi.
Turizm, farmatsevtika va kimyo sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.
Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi hokimiyat palatalari o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish zarurligi alohida taʼkidlandi.
O‘zaro hamkorlikning fundamental asoslarini yangi bosqichda mustahkamlash maqsadida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekani bildirildi.
Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim jihatlari ham muhokama qilindi.
“Dunyo” AA