O‘zbekiston TIV rahbari va Serbiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov bugun Serbiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
IV ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari turli sohalardagi O‘zbekiston - Serbiya hamkorligini yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama kun tartibining amaliy jihatlari bo‘yicha fikr almashdilar.
Savdo va investitsiyaviy aloqalarni institutsionallashtirish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirish, bu boradagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligining ayrim masalalari muhokama qilindi.
«Dunyo» AA