O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va Belarus elchisi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov kecha Belarus elchisi Leonid Marinichni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.
“Dunyo” AA