O‘zbekiston Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasining ishtirokchisi bo‘ldi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bugundan e’tiboran Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi. Hujjat 2001-yil 22-mayda Stokgolm shahrida qabul qilingan, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
Bugungi kunda 183 ta mamlakat ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi hisoblanadi.
Ushbu xalqaro shartnomaning maqsadi aholi salomatligi va atrof-muhitni Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar (TOIM) ta’siridan himoya qilishdir.
Konvensiya qoidalariga muvofiq tomonlar TOIM ishlab chiqarish, import qilish, eksport qilish, ko‘mish va ulardan foydalanishni nazorat qilishni, shuningdek, mavjud TOIMni almashtirish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan eng yaxshi texnologiyalar va usullardan foydalanishga ko‘maklashish majburiyatini zimmalariga oladilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konvensiyadagi ishtiroki TOIM bilan bog‘liq ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi, atrof-muhit, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ehtimoliy salbiy oqibatlarini oldini olish imkonini beradi.
ТOSHKENT, 26-sentabr. /«Dunyo» AA/