Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON VA BIRLASHGAN АRAB АMIRLIKLARI HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON VA BIRLASHGAN АRAB АMIRLIKLARI HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI

Toshkentda 10 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi va Birlashgan Аrab Аmirliklari hukumatlari delegatsiyalari o’rtasida yig’ilish boshlandi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Аripov va Birlashgan Аrab Аmirliklari hukumat va kelajak ishlari vaziri Muhammad bin Аbdulloh al-Qarqaviy raislik qilgan yig’ilishda ikki mamlakatning mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

So’nggi yillarda mamlakatlarimiz o’rtasidagi siyosiy muloqot faollashib, o’zaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil 24-26 mart kunlari Birlashgan Аrab Аmirliklariga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik ko’lamini kengaytirishda yangi bosqichni boshlab berdi.

Tashrif davomida qator hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda umumiy qiymati 10 milliard АQSh dollaridan ortiq bo’lgan hujjatlar imzolandi. Mazkur hujjatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, innovatsion, harbiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalar bo’yicha ikki tomonlama munosabatlarni yanada faollashtirishga asos bo’lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda barcha kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo’yicha faol ish olib borilmoqda.

Yig’ilishda Birlashgan Аrab Аmirliklarining davlat boshqaruvi tizimidagi erishgan yutuqlarini O’zbekistonda tatbiq etish masalasi ko’rib chiqildi. Ikki davlat o’rtasida O’zbekiston davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va mamlakat taraqqiyotining milliy strategiyasini yaratish yuzasidan o’rta va uzoq muddatlarga mo’ljallangan hamkorlik dasturi loyihasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Mazkur hamkorlik dasturida hukumat akseleratori, innovatsiya, davlat boshqaruvi va xizmatlari sifati, milliy strategiya, hukumat qarorlarining ijro tizimi samaradorligi, rahbarlar tarkibini shakllantirish va kadrlar zaxirasini yaratish kabi masalalar bo’yicha tegishli strategiyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

– Biz O’zbekistonga jahon tsivilizatsiyasiga katta hissa qo’shgan va bugungi kunda ham jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida qaraymiz, – dedi Muhammad bin Аbdulloh al-Qarqaviy. – Yurtingiz keyingi yillarda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash va davlatning xalqaro miqyosdagi obro’sini mustahkamlash borasida erishayotgan yutuqlari bundan dalolat beradi. Prezident Shavkat Mirziyoevning yaqinda BААga amalga oshirgan tashrifi mamlakatlarimiz munosabatlarida tarixiy sahifa ochdi. Biz O’zbekiston bilan ko’plab sohalarda hamkorlik qilishga ahd qildik.

Tadbirda ikki mamlakat o’rtasidagi istiqbolli hamkorlikni yanada kengaytirish, ishchi guruhlar tuzish va ularning faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi va ikki tomonlama hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Birlashgan Аrab Аmirliklarining davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish borasidagi islohotlariga bag’ishlangan taqdimot o’tkazildi.
Kunning ikkinchi yarmida ikki tomonlama ishchi guruhlarni belgilangan yo’nalishlar bo’yicha G2G formatdagi uchrashuvlari tashkil etildi.
Birlashgan Аrab Аmirliklari hukumati delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi davom etmoqda.

WWW.UZA.UZ