O‘ZBEKISTON VA BUYUK BRITANIYA O‘RTASIDA SHERIKLIK VA HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA BITIM IMZOLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

TOShKENT, 31-oktabr. /«Dunyo» AA/. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Hujjatga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchisi Tim Torlot imzo qo‘ydi.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydigan asosiy hujjat mamlakatimiz va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida 1996-yil 21-iyun kuni imzolangan Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim hisoblanadi. Biroq Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqqandan so‘ng («Brexit») mazkur hujjat O‘zbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlariga taalluqli bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan London sheriklik va hamkorlikka oid davlatlararo bitim imzolash tashabbusi bilan chiqdi.
Buyuk Britaniya elchisi “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyuda mazkur bitimni imzolash Buyuk Britaniya YeI tarkibidan chiqqandan so‘ng o‘zaro munosabatlarda huquqiy aniqlikni saqlab qolish va ikki mamlakat biznes jamiyatlari o‘rtasidagi uzluksiz hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish uchun zarurligini qayd etdi. Hujjat loyihasida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida amalda bo‘lgan Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning barcha qoidalari saqlab qolingan va ular O‘zbekiston-Britaniya hamkorligiga moslashtirilgan.
“Bitim tomonlarning ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, intellektual mulk himoyasi, ta’lim, ilm-fan va texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish, turizm va madaniyat sohalaridagi hamkorligini qamrab olgan”, - deb ta’kidladi Buyuk Britaniya diplomatik missiyasi rahbari.
Bitimga binoan tomonlar hamkorlikning barcha jabhalari, shuningdek, o‘zaro manfaatli xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy muloqotda bo‘ladi,
Tomonlar bir biriga import tovarlariga qo‘llaniladigan bojxona yig‘imlari, soliqlar va barcha ko‘rinishdagi boshqa to‘lovlarga nisbatan eng qulay tartib taqdim etadi.
Tomonlar sarmoyalarni himoya qilish, kapitalning erkin harakati va investitsiya imkoniyatlari haqidagi axborot almashish uchun sharoitlarni yaxshilash vositasida xususiy investitsiyalar uchun qulay muhit yaratish yo‘lida hamkorlik qiladi.
«Dunyo» AA