Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON VA CHEXIYA TASHQI ISHLAR VAZIRLIKLARI O‘RTASIDAGI SIYOSIY MASLAHATLASHUVLAR BO‘LIB O‘TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON VA CHEXIYA TASHQI ISHLAR VAZIRLIKLARI O‘RTASIDAGI SIYOSIY MASLAHATLASHUVLAR BO‘LIB O‘TDI

Praga shahrida O‘zbekiston-Chexiya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchilik qildi. Chexiya Respublikasi nomidan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Martin Tlapa boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Turli sohalarda munosabatlarni yanada rivojlantirish, xususan siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish hamda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish va kengaytirish, o‘zaro savdo va qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali ikki tomonlama munosabatlarda iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Chexiya tomoni O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni ijobiy baholadi va qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Dunyo AA