O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Bokuga kelgach, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev bilan uchrashdi.
Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar.
Mamlakatlarimiz yetakchi kompaniyalari va tadbirkorlari darajasida ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama hukumatlararo komissiya faoliyatini jonlantirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.
Ilhom Aliev Shavkat Mirziyoevni mamlakatimiz Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari sammit yuksak darajada tashkil etilganini alohida ta’kidladi va Ozarbayjonning tashkilotda muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.
Uchrashuv yakunida Prezidentlar ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar.
O’zA