O‘ZBEKISTON VA QIRG‘IZISTON PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI MULOQOT QILDILAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 dekabr’ kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirdilar.
Ta’kidlash joiz, 2019 yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.
O‘zaro aloqalar jadallashdi, savdo ko‘rsatkichlari ikki barobar o‘sdi, sanoat va transport sohalarida kooperatsiya loyihalari ilgari surilmoqda, hududlar o‘rtasidagi va madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda.
Suhbatda davlat rahbarlari Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunlarini yuksak baholadilar.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining istiqbollari hamda 2020 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.