Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’zbekiston va Qozog’iston yetakchilari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'zbekiston va Qozog'iston yetakchilari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishlari qat'iy ekanini tasdiqladilar

Bugun Oqo’rda qarorgohida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog’iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning tor doiradagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasidagi ko’p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari ko’rib chiqildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ushbu davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilganini ta’kidladi.

Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi o’tkazilayotgani ham shundan dalolat beradi.

Tashrif arafasida Hukumatlararo komissiya yig’ilishi, biznes forumi va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o’tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2034-yilga qadar strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturi tayyorlandi, tashqi siyosat idoralari rahbarlari raisligidagi kengash tashkil etilmoqda.

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar, qo’shma korxonalar soni besh barobar ko’paydi, yuk tashish hajmi ortmoqda, yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosiy va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oshirish, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, "Markaziy Osiyo plyus" formatlari doirasida o’zaro qo’llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Yoshlar siyosati va axborot maydonini shakllantirish sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Bu yo’nalishda kompleks hamkorlik dasturini tayyorlashga kelishib olindi.

Ikki mamlakat parlamentlari palatalari ishtirokida Parlamentlararo forum tashkil etilishi qo’llab-quvvatlandi.

Tovar ayirboshlash hajmini, eng avvalo, o’zaro bozorlarni shakllantirish va uchinchi mamlakatlardan importning o’rnini bosish hisobiga yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu ma’noda, hukumatlarga oy yakuniga qadar tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo’yicha alohida dastur qabul qilish topshirildi.

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida joriy sammitga qadar umumiy qiymati 7 milliard dollarlik yangi bitim va shartnomalar portfeli ishlab chiqildi.

Ular orasida energetika, transport va logistika, metallurgiya, to’qimachilik, qishloq xo’jaligi va qurilish sohalarida, shuningdek, hududlar o’rtasidagi loyihalar bor.

Sirdaryo viloyatida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi qurilishini jadallashtirish va u yerda korxonalarni joylashtirishga kelishib olindi.

Yirik loyihalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida Qo’shma investitsiya jamg’armasini tashkil etish masalasi o’rganiladi.

Tranzit yuk tashish uchun qulay sharoitlarni ta’minlash, qo’shma logistika majmualarini qurish, ikki mamlakat o’rtasida avtomobil va temir yo’l yo’nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Strategik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirishga ustuvor e’tibor qaratildi.

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar. Hududlar forumini ikki Hududlar rahbarlari kengashiga aylantirish va uning birinchi yig’ilishini joriy yilning kuzida Samarqandda o’tkazishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.