O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali suhbatda har ikki tomon ishtirokida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvalini muhokama qildilar
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonning MDHdagi raisligi va Rossiyaning ShHTdagi raisligi doirasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama tadbirlar, jumladan hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma komissiyasi va Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishlari jadvali va boshqa tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.
/«Дунё» АА/.