O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida oliy va yuqori darajadagi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va turli jihatlarini ko‘rib chiqdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidovning Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA
TIV maʼlumotiga ko‘ra, Tojikiston tashqi siyosat mahkamasi rahbari Baxtiyor Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va ularni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat Prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Tojikiston ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga va xalqaro institutlar doirasida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi taʼkidlandi.
Oliy va yuqori darajadagi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va turli jihatlari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining telefon orqali muloqoti ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
“Dunyo” AA