Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON VA V’ETNAM O‘RTASIDA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR O‘RNATILGANIGA 28 YIL TO‘LDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON VA V'ETNAM O‘RTASIDA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR O‘RNATILGANIGA 28 YIL TO‘LDI

TOShKENT, 17 yanvar. /"Dunyo" AA/. 17 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi va V’etnam Sosialistik Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidentining 1996 yil mart oyida V’etnamga amalga oshirgan rasmiy tashrifi o‘zaro munosabatlardagi muhim voqea bo‘ldi. Shuningdek, so‘nggi yillarda yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar amalga oshirildi.

O‘zbekiston va V’etnam xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Janubi-Sharqiy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish to‘g‘risidagi Bangkok shartnomasining ishtirokchisi sifatida V’etnam O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish bo‘yicha muhim tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanmoqda. 2019 yil yanvar-noyabr oylarida o‘zaro savdo hajmi qariyb 70 million dollarga etdi.

2000 yil savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya to‘g‘risidagi nizom qabul qilingan. Komissiyaning 7-yig‘ilishi 2018 yil iyul oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Madaniy-gumanitar sohada ham amaliy muloqot rivojlanib borayotganini ta’kidlash mumkin. 1995 yil dekabr oyidan boshlab mamlakatimizda "O‘zbekiston-V’etnam" do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda. V’etnamdagi do‘stlik tashkiloti yetakchilari 2006 va 2008 yillar O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

2010 yil sentyabr-oktyabr oylarida madaniy hamkorlik doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi T.Qo‘ziev boshchiligidagi delegasiya Xanoy shahrining 1000-yillik va V’etnam Sosialistik Respublikasi tashkil topganining 65-yillik tantanalarida qatnashgan.
Toshkent davlat sharqshunoslik institutida V’etnam tili va madaniyati markazi mavjud.

Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslari turli sohalarni qamrab oluvchi 20 ta hujjatdan iborat. Ular, jumladan savdo, investisiya, soliqqa tortish, havo qatnovi, fan, madaniyat, turizm, xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish, tabiiy boyliklarni rivojlantirish, sud va boshqa sohalarni qamrab olgan.