Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON “WORLD TRAVEL MARKET 2019” JAHON SAYYOHLIK YARMARKASIDA FAOL ISHTIROK ETDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON “WORLD TRAVEL MARKET 2019” JAHON SAYYOHLIK YARMARKASIDA FAOL ISHTIROK ETDI

LONDON, 11 noyabr. /“Dunyo” AA/. O’zbekiston turizm sohasi vakillari Londonda tashkil etilgan “World Travel Market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ta’kidlash joizki, WTM turizm sohasida eng yirik va ommabop xalqaro ko’rgazmalardan biri bo’lib, 1980-yildan beri har yili o’tkazilib kelinmoqda. Bu yil mazkur ko’rgazma dunyoning 182 mamlakatidan kelgan 50 mingdan ortiq qatnashchinini birlashtirdi. Ushbu ko’rgazmaga tashrif buyuruvchilar 100 ming kishidan oshdi hamda 2 ming 800 dan ortin OAV vakili yarmarka ishini yoritib bordi.

O’zbekiston 2009-yildan beri mazkur xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etib kelmoqda. Joriy yil mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibini O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, “O’zbekiston havo yo’llari” MAK va “People Travel”, “Orient Voyages”, “Hyatt Regency Tashkent”, “Compass Tours”, “Ulysee Tour” sayyohlik agentliklari vakillari tashkil qildi. O’zbekiston milliy stendida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, madaniy merosi va zamonaviy qiyofasi taqdim etildi, videoroliklar namoyish qilindi.

Ko’rgazmada ishtirok etish turoperatorlarga turizmni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari to’g’risida batafsil ma’lumot olish, ushbu biznesning yangi yo’nalishlari hamda samarali boshqarish usullari bilan tanishish imkoniyatini berdi. Shuningdek, O’zbekiston delegatsiyasi ko’rgazma doirasida Buyuk Britaniya sayyohlik uyushmalari, jumladan, “Association of Group Operators”, “National Tourist of Offices & Representatives Association”, “Association of British travel agent”, “Association of independent tour operators”, turoperatorlari, “Travel The Unknown”, The Travel Experts”(religious Tourism), “Silk Road Adventures”, Sayohat va turizm masalalari bo’yicha Britaniya instituti, “Wonderlust Magazine” nashriyoti vakillari va boshqa xalqaro hamkorlar bilan o’zaro manfaatli bitimlar tuzdi.

Delegatsiya BMT Jahon sayyohlik tashkilotining “Qishloq joylarda turizmni rivojlantirishning zamonaviy texnalogiyalari” mavzuidagi vazirlik sammitida ham qatnashdi. 50 dan ortiq turizm tirojlantirish vazirligi va sayyohlik kengashi ma’muriyati rahbarlari qatnashgan mazkur sammitda global turizm sohasidagi dolzarb masalalar, tarmoqni yanada rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Qayd e’tish joizki, ko’rgazma doirasida amerikalik mutaxassis Tara Pendeya o’zbek milliy raqs san’atini taqdim qildi. U tomonidan ijro etilgan raqslar ko’rgazma ishtirokchilari orasida O’zbekiston madaniyatiga qiziquvchilar soni ortishiga xizmat qildi. T.Pendaya o’zbek raqslariga bo’lgan muhabbati tufayli ushbu san’at turini mukammal darajada o’rganib, turli mamlakatlarda o’tkazilayotgan xalqaro ko’rgazmalarda o’z iqtidorini namoyish etib kelmoqda.

O’zbekiston turizm sohasi vakillari mazkur ko’rgazmada Buyuk Britaniya va Yevropa sayyohlarining mamlakatimizga oqimini yanada oshirish borasida manfaatli kelishuvlarga erishdi.

jaxonnews.uz