“O’ZBEKISTON XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA MUSTAHKAM O’RINNI EGALLAGAN”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Bugun mamlakatimiz xalqi qutlug’ sana - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi bayrami arafasida turibdi.
Shuning munosabati bilan xorijiy mamlakatlar davlat arboblari, ilmiy-akademik va ishbilarmon doiralarining vakillari “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyulari chog’ida davlatimiz va jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida yuz bergan tub yangilanishlarda mamlakatimiz Asosiy qonunining tutgan o’rni va ahamiyati haqidagi o’z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
Kyoko Nakayama, Kelgusi avlod partiyasi yetakchisi, Yaponiya parlamenti maslahatchilar palatasining deputati:
— Mamlakatingiz shitob bilan bilan o’zgarib borayotganini ko’rib behad quvonaman. Konstitutsiyada o’z ifodasini topgan me’yorlar asosida O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlash, insonning huquq va erkinliklari himoyasini kuchaytirish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Respublikada iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari ta’minlanmoqda, transport-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi takomillashmoqda, fuqarolarning farovonligi tobora oshib bormoqda. Barcha yo’nalishlarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar bois O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida mustahkam o’rinni egallagani holda global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarning hal etilishida muhim o’rin tutmoqda.
Van Chjitszyan, Yanchjou shahar merining o’rinbosari (Xitoy):
— O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy sohadagi muvaffaqiyatlarini Xitoyda yaxshi bilishadi. Respublikaning 1992 yili qabul qilingan Konstitutsiyasi o’zida rivojlanishning demokratik tamoyillarini muhrladi. U huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurilishining poydevori bo’lib qoldi.
Shunisi quvonarliki, mamlakat bosh qonunining mazmuni davr talablarini hisobga olgan holda izchil ravishda takomillashmoqda. Bunga besh yil muqaddam Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi dasturiy hujjat sifatida xizmat qildi. Mazkur hujjatga muvofiq, Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari O’zbekistonda boshqaruvning demokratik tizimini yanada takomillashtirish imkonini berdi. Mamlakatda bu borada erishilgan ijobiy natijalar bugungi kunda butun jahonda e’tirof etilmoqda va o’rganilmoqda.
2014-2015 yillarda bo’lib o’tgan parlament va Prezident saylovlari mamlakatda bu borada erishilgan muvaffaqiyatlarning yaqqol tasdig’i bo’ldi. Ular mamlakatda ro’y berayotgan o’zgarishlar borishini va ularning natijalarini qo’llab-quvvatvvatlaydigan respublika fuqarolarining siyosiy dunyoqarashi darajasi o’sib borayotganini ro’y-rost ko’rsatdi.
Ilgar Valizoda, “Yangiliklar” xalqaro matbuot markazi direktori, Ozarbayjon siyosatshunoslar klubining rahbari:
— O’zbekistonning Asosiy qonuni milliy davlatchilikni rivojlantirish, mamlakatning izchil ijtimoiy-iqtisodiy taoraqqiy topishi uchun zarur bo’lgan siyosiy-huquqiy zaminni yaratdi. Konstitutsiya me’yorlari o’zbek xalqining ulkan salohiyatini hayotga tadbiq etish uchun keng imkoniyatlarni beradi.
O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida mahalla institutining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. O’zini o’zi boshqarishning noyob instituti bo’lgan mahalla qarorlar qabul qilinishi jarayoniga aholining keng qatlamlari jalb etilishiga ko’maklashmoqda.
Respublika suveren rivojlanish yillari mobaynida xalqaro maydonda o’z manfaatlarini himoya etishga qodir ekanligini hamda boshqa davlatlar manfaatlariga hurmat bilan qarashini butun dunyoga namoyon etdi.
“Jahon” AA