Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON “YEVROOSIYO HAFTALIGI - 2015” XALQARO ANJUMANIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON “YEVROOSIYO HAFTALIGI - 2015” XALQARO ANJUMANIDA

O’zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) Parijdagi qarorgohida bo’lib o’tgan “Yevroosiyo haftaligi - 2015. Institutlarni optimallashtirish, o’zaro aloqadorlikni kuchaytirish va keng qamrovli o’sishni ta’minlash orqali Yevroosiyo mamlakatlari raqobatbardoshligini oshirish” mavzuiga bag’ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Yevroosiyo mamlakatlari raqobatbardoshligini oshirish dasturi 2008 yildan buyon hayotga tadbiq etilmoqda. Undan ko’zlangan asosiy maqsad milliy va mintaqaviy darajalarda bozorlar raqobatbardoshligi rivojlanishida mintaqa davlatlarining iqtisodiyotini qo’llab-quvvatlashdir. Ushbu dasturga Ozarbayjon, Armaniston, Afg’oniston, Belarus, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Mongoliya, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston va Ukraina kirgan.

Parij anjumani ishida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlar hamda mazkur dasturga a’zo mamlakatlar hukumatlari, ishbilarmon va ekspert doiralari, boshqa qator xalqaro tashkilot va institutlarning vakillari, yevropalik biznesmen va ekspertlar ishtirok etdilar.

Tadbir chog’ida Yevroosiyo mamlakatlari raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi, jumladan, biznesni rivojlantirish imkoniyatlari, kichik va o’rta tadbirkorlikning o’rni, yashil iqtisodiyot va bandlikni ta’minlash bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqildi.

Parij anjumanida mamlakatimiz delegatsiyasi tomonidan O’zbekistonning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va sanoatni modernizatsiyalash bo’yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli dasturlar, iqtisodiyotda davlatning roli va o’rnini qisqartirish, xususiylashtirish hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini qo’llash haqidagi atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, ushbu anjuman ishtirokchilari joriy yil 5-6 noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan Xalqaro investitsiyaviy forum yakunlari bilan ham tanishtirildi.

“Yevroosiyo haftaligi - 2015” doirasida O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda yirik xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar ham o’tkazdilar. Bo’lib o’tgan uchrashuvlar chog’ida yevropalik tadbirkorlar O’zbekiston bilan o’zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanliklarini ma’lum qilishdi.

“Jahon” AA, Parij