Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’zbekistonda har bir maktab bitiruvchisining kollej va litseyga o’qishga kirishi monitoring qilinadi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'zbekistonda har bir maktab bitiruvchisining kollej va litseyga o'qishga kirishi monitoring qilinadi

O’quv yili oxiri yaqinlashishi arafasida to’qqizinchi sinf bitiruvchilarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga o’qishga kirishlari masalasi birinchi o’ringa chiqmoqda. Joriy yilda bu jarayon axborot-kommunikatsiya tizimidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Bu tizim orqali har bir bitiruvchining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga o’qishga kirishi qat’iyan monitoring qilinadi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.

Yoshlarning ta’lim olishi masalasida hukumatning nuqtai nazari qat’iydir. Unga ko’ra, har bir bolaga maktabda to’qqiz yillik hamda uch yil kollej yoki litseyda majburiy bepul ta’lim olishiga kafolat beruvchi qonun me’yorlarining so’zsiz amalga oshirilishi zarur.

Ilgari qonundagi bu me’yorining bajarilishini kuzatish bilan bog’liq ayrim muammolar vujudga kelayotgan edi. Uch yil avval Xalq ta’limi vazirligi O’rta maxsus ta’lim markazi bilan birgalikda har bir o’quvchining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o’qishga kirishini qattiq tartibda monitoring qilishga imkon beradigan axborot-kommunikatsiya tizimini yaratishni boshladi. O’tgan yili tizimni ishlab chiqish ustida ishlar o’z nihoyasiga yetkazildi. U joriy yildan boshlab amaliyotga tatbiq etiladi.

Bugungi kunda tizimga har bir o’quvchi haqida axborot kiritilgan. Ayniqsa, bunda to’qqizinchi sinf o’quvchilariga alohida ahamiyat qaratilgan. Ma’lumotlar elektron bazasiga kollej yoki litsey hamda mutaxassislik tanlash bo’yicha o’quvchilar va ularning ota-onalari orasida o’tkazilgan so’rovnomalarning natijalari kiritilmoqda. Bu u yoki bu ta’lim muassasasiga o’qishga kirmoqchi bo’lgan o’quvchilarning sonini prognoz qilish hamda oldindan hujjatlarni qabul qilishga tayyorgarlik ko’rishga imkon beradi.

May oyida o’quvchilar va ota-onalar tomonidan ta’lim muassasasi aniq ko’rsatilgan arizalarni yig’ish ishlari yakunlanadi. Bitiruvchilar o’qishni davom ettirishni tanlagan ta’lim muassasasi ustuvorlik bo’yicha birinchi bo’lib ko’rsatiladi. Agar bu ta’lim muassasasiga ajratilgan kvotalardan ko’proq ariza topshirilgan bo’lsa, mazkur ta’lim muassasasi bitiruvchilarni qabul qilish bo’yicha test sinovlari o’tkazadi. Ikkita ta’lim muassasasini tanlash imkoniyati aynan shu holat bilan bog’langan. Agar bitiruvchi test sinovidan o’ta olmasa, uning hujjatlari arizada ko’rsatilgan ikkinchi ta’lim muassasasiga topshiriladi. Ta’lim muassasida muayyan o’quvchining asl hujjatlari qabul qilingandan keyin elektron tizimda uning hujjatlari qabul qilingani haqida belgi qo’yiladi.

Bunda bitiruvchi oxirgi lahzada fikrini o’zgartirib, boshqa ta’lim muassasasini tanlashi mumkin bo’ladi. Biroq bu holatda yana maktabga murojaat qilish kerak, u yerda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali avval kiritilgan ma’lumotlarda yangi ta’lim muassasasini ko’rsatib, o’zgartirishlarni kiritish talab etiladi.

“Jahon” AA