Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’zbekistonda imkoniyati cheklangan yoshlar o’rtasida kasbiy mahorat bo’yicha ko’rik-tanlov tashkil etildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'zbekistonda imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida kasbiy mahorat bo'yicha ko'rik-tanlov tashkil etildi

21-apreldan 2-mayga qadar O’zbekistonda "Imkoniyatlar olimpiadasi" ko’rik-tanlovi bo’lib o’tmoqda

O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotiga ko’ra, unda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan, jismoniy imkoniyatlaridan qat’iy nazar barcha ishtirokchilar o’z kasbiy mahoratlarini namoyish etmoqda.

Mazkur ko’rik-tanlov mamlakatimizda ushbu formatdagi birinchi milliy musobaqadir.

Loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv xab, O’zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tanlov 10 ta, jumladan kashta tikish, kulolchilik san’ati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish ishi, mobilografiya, rasm chizish, quruq qurilish ishlari, duradgorlik ishlari, tokarlik ishi, fotosuratga tushirish professional yo’nalishlarini qamrab olgan.

Musobaqa doirasida 250 nafar ishtirokchi ochiq test sinovlarida o’z imkoniyatlarini namoyish etmoqda. Tanlov finali 1-2-may kunlari "O’zekspomarkaz"da "Inson uchun" respublika savdo yarmarkasi doirasida bo’lib o’tadi. Tanlov uchun "O’zekspomarkaz"ning 5-ko’rgazma pavilyoni maxsus tarzda, tanlov talablari asosida to’liq jihozlandi. Ishtirokchilar uchun qulay va professional sharoitlar yaratildi.

"Imkoniyatlar olimpiadasi" shunchaki ko’rik tanlov emas. Bu inklyuziya – istisno emas, balki norma bo’lgan kelajakka qo’yilgan qadamdir. Ushbu tanlov, sog’likdagi cheklangan imkoniyatlar va nogironlik – bilim olish, martabaga erishish, ijodiy rivojlanish va to’laqonli hayot kechirishga to’sqinlik qilmasligi kerakligi haqida yana bir eslatmadir.