Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekistonda Janubiy Koreya biznesi uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekistonda Janubiy Koreya biznesi uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Chje In O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumining ochilish marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya ishonchli va uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlardir. Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 7 milliard dollardan oshgan. Koreya milliy neft korporatsiyasi, Eksimbanki, “Kogas”, «Lotte group», «Samsung», «Hundai», «Shindong resources» va boshqa ko‘plab yetakchi kompaniyalari yurtimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari Ko‘ksaroyda o‘tgan muzokaralarda ishbilarmonlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

— Bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlar ulkan g‘oya va loyihalarni hayotga dadil joriy etish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. O‘tgan yili mamlakatimizda yangi qo‘shma korxonalar soni 3 barobar ko‘paydi. Ularning orasida Koreya kapitali ishtirokida tashkil etilgan 160 ta korxona mavjud. Biz bundan buyon ham Koreya biznesining mamlakatimizdagi ishtirokini kengaytirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga tayyormiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Koreya Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston azaldan savdo, ilm-fan, madaniyat markazi bo‘lgani, bugungi kunda ham biznes uchun keng imkoniyatlar ochilayotganini qayd etdi. Janubiy Koreya O‘zbekistondagi investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini bildirdi.

«O‘zekspomarkaz»da o‘tkazilgan forumda ikki mamlakat iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirok etdi. Xususan, Koreya Respublikasining 150 ta kompaniya va tashkilotidan 350 dan ortiq vakillar qatnashdi. Kompaniya va tashkilotlar o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tovarlar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Biznes-forumda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod bo‘lgan muhim kelishuvlarga erishildi va bitimlar imzolandi. Ular energetika, neft-gaz, ximiya va tog‘-kon, mashinasozlik va elektr texnikasi, transport va logistika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, infratuzilmalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli tibbiyot kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan.

«Angren» iqtisodiy zonasini «Inchxon» erkin iqtisodiy zonasi boshqaruviga berish, «Bo‘stonliq-farm» hududida eng zarur dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlar alohida e’tiborlidir.

Prezidentimiz Janubiy Koreya ishbilarmonlarini mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yangi imkoniyatlardan faol foydalanishga chaqirdi.

www.president.uz