O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi Mahkam Muhammedov bilan ijodiy uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, rejissyor Mahkam Muhammedov bilan “O‘zbek milliy seriali. Ijodiy izlanishlar va muammolar” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Jo‘ra Mahmudov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Erkin Usmonov, taniqli rejissyor Meli Mahkamov, operator Rafael Kamolov, Mahkam Muhammedovning kasbdoshlari va shogirdlari ishtirok etdilar. Ijodiy kecha tanikli rejissyor, moxir pedagog va murabbiy Mahkam Muhammedov ijodiy yo‘li va faoliyatiga bag‘ishlangan “Mahkamboy” hujjatli film namoishi bilan boshlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev yig‘ilganlarga iste’dodli rejissyor va mohir pedagog, Mahkam Muhammedovning O‘zbekistonda televidenie sohasining rivojiga qo‘shgan xissasi haqida so‘zlab berdi.
Rejissyor Meli Mahkamov Mahkam uning kinosan’atini, hususan, seriallar yaratishni targ‘ib etishdagi zaxmatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi va dedi: “Mahkam Muhammedov o‘zbek seriallarini tasvirga tushirish barobarida tomoshabinlarga "Ko‘ngil ko‘chalari", "Silsila", Mehrobdan chayon» va boshqa ko‘p seriyali badiiy filmlari orqali katta zavq bag‘ishladi. Yosh rejissyorlar esa u bilan bo‘lgan suhbatlarda hamisha o‘zlariga foydali maslahatlarni oladilar”.
Yozuvchi Erkin Usmonov Mahkam Muhammadiev ijodini o‘rganishning muhim jihatlarini ta’kidlab o‘tdi va “Men aminmanki, o‘zbek televideniyasi tarixi bilan qiziqqan har bir inson albatta Mahkam Muhammadievning o‘z hayotidagi voqeliklarga nisbatan berilgan sharhlari, o‘y-yu fikrlari va qarashlari jamlangan kitoblarini o‘qishi kerak. Zero uning shaxsiy kechinmalari, xulosalari va nuqtai nazari bayoni – bu televideniya tarixidir”.
Shuningdek, jurnalist Tursun Qoratoev Mahkam Muhammedovning ijodiy respublika televideniesi va teatrlarida amalga oshirgan ishlari, hususan, televizion spektakllari, tele- va videofilmlari, muhim turkum ko‘rsatuvlari, va teatr saxnalarida qo‘yilgan spektakllari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “Televideniya rejissyori” kafedrasi dotsenti, taniqli rejissyor Mahkam Muhammedov bu kasbning tanlanishi sabablarini, o‘zining ustozlari, ba’zi filmlarining yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi va o‘zbek seriali muammolari ustida to‘xtalib o‘tdi.
“Jahon” AA