O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR HUQUQLARINI MONITORING QILISH TARAQQIYOTI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi Fuqarolik tashabbuslarini qo’llab quvvatlash markazi hamda BMT Aholishunoslik fondining O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “O’zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini monitoring qilish bo’yicha milliy konsepsiya” nomli rus va o’zbek tillarida chop etilgan kitob taqdimoti o’tkazildi.
Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko’ra, t aqdimot marosimida vazirlik va idoralar, ta’lim muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Ushbu nashr O’zbekistondagi xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo’yicha milliy qonunchilikni monitoring qilishni rivojlantirish borasidagi mavjud holatni tahlil qilish, hamda BMT konvensiyasining qoidalarini hisobga olgan holda bu boradagi qonunchilikning konseptual asoslarini aniqlashga bag’ishlangan. Shuningdek, unda monitoring maqsadi va vazifalari, unga tayyorgarlik ko’rish, ma’lumot to’plash uslublari va ular yakuni bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari ochib berilgan.
“Jahon” AA