Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTONDAGI SAYLOVLAR HIND EKSPERTLARI NIGOHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTONDAGI SAYLOVLAR HIND EKSPERTLARI NIGOHIDA

Mamlakatimizda joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik jarayonini xorijiy davlatlarda katta qiziqish bilan kuzatishmoqda. Ushbu muhim voqeaga bag‘ishlangan tadbir Dehli shahridagi yirik o‘quv muassasalaridan biri hisoblangan Javaharlal Neru universitetida tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va mamlaktimizning Dehlidagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur “davra suhbati”da Javaharlal Neru universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo yo‘nalishida tadqiqot olib boruvchi olimlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Suhbat avvalida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari tomonidan O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlarda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining amaliy ijrosi haqida axborot berildi. O‘z navbatida joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tajak parlament sayloviga tayyorgarlik xususida so‘z yuritildi.

“Davra suhbati”da so‘zga chiqqan Javaharlal Neru universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari, professor P.Badan o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda saylov tizimi va qonunchiligi, mamlakatdagi siyosiy partiyalar roli, joriy yilda o‘tkaziladigan saylovning avvalgilaridan farqi haqida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Universitet professori S.Pandey ishtirokchilarga parlament tizimi, parlamentarizm tarixi, mamlakatdagi demokratik jarayonlarda parlament roli haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, universitet huzuridagi Siyosiy tadqiqotlar markazi tahlilchisi S.Sutxav o‘z ma’ruzasida Hindiston va O‘zbekistondagi parlament tizimining o‘ziga hos jihatlarining qiyosiy tahlilini taqdim etdi. Bu borada har ikki tomon o‘zaro almashishi mumkin bo‘lgan ijobiy tajribalar xususida takliflar bildirdi.

Tadbirda O‘zbekistondagi bugungi taraqqiyot jarayonlari, mamlakatimizning iqtisodiy va turizm salohiyati haqida hikoya qiluvchi taqdimot filmlari namoyish etildi.

“Dunyo” AA