Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTONDAGI TINCHLIK VA BARQARORLIK XALQINGIZNING ENG KATTA YUTUQLARIDANDIR”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTONDAGI TINCHLIK VA BARQARORLIK XALQINGIZNING ENG KATTA YUTUQLARIDANDIR”

O’zbekiston va uning go’zal qadimiy shaharlari bugun dunyo sayyohlarini o’ziga chorlamoqda.

Mamlakatimizdagi tarixiy obidalarni, zamonaviy inshootlarni ko’rish, xalqimizning betakror madaniyati va an’analari bilan tanishish maqsadida yurtimizga kelgan sayyohlarni ko’plab uchratish mumkin. O’zA muxbirlari ulardan ayrimlarining taassurotlari bilan qiziqdi.

Li Yon Xun (Janubiy Koreya):

— Kasbim tarixchi. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida bo’lganman. O’zbekistonga birinchi marta kelishim. Eshitganlarim bilan bugungi ko’rganlarim o’rtasida ulkan farq bor. Bu yerga kelib O’zbekiston tasavvurimdagidan ancha go’zal, obod va zamonaviy yurt ekaniga ishonch hosil qildim. O’zbek xalqining mehmondo’stligi, bag’rikengligi meni hayratga soldi. Mamlakatingizda turli millat vakillari ahil-inoq, hamjihatlikda hayot kechirayotganini ko’rib havasim keldi.

Sayohatim davomida dunyoga mashhur qadimiy shaharlar - Samarqand va Buxoroni ko’rish istagidaman. Sayohatimdan esdalik sifatida O’zbekiston milliy hunarmandlik buyumlarini xarid qildim.

Kristobal Kaparros (Ispaniya):

— O’zbekistonga ilgari ham kelganman, bu safar uni taniyolmay qoldim. Beqiyos o’zgarishlar nafaqat shahar va qishloqlar qiyofasida, balki aholi farovonligi oshib, barcha sohalar izchil rivojlanayotganida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Bugun O’zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlari dunyo sayyohlari uchun eng qulay va maqbul shaharlarga aylangan. Bu yerlarda muzeylar va galereyalar, zamonaviy mehmonxonalar, yuqori sifatli xizmat ko’rsatuvchi restoran va qahvaxonalar hamda boshqa ko’plab dam olish maskanlari bor.

O’zbekiston ishlab chiqarish sohasida katta imkoniyatlarga ega mamlakat. Prezident Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishlab chiqarishning yangi tarmoqlarini o’zlashtirish borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritilayotgani bugun dunyo jamoatchiligiga yaxshi ma’lum. Bu mamlakatingizda izchillik bilan, uzoqni ko’zlab olib borilayotgan iqtisodiy siyosat naqadar to’g’riligining amaldagi tasdig’idir.

Sanjey Agarval (Hindiston):

— O’zbekiston ko’chalaridagi avtomobillarga qarab bu yerda avtomobilsozlik yuksak sur’atlarda taraqqiy etayotganiga guvoh bo’ldim.

Shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar ham tahsinga loyiq. Ayniqsa, mahobatli inshootlar va muhtasham binolar, zamonaviy va milliy uslubni o’zida mujassam etgan mehmonxonalar barchaga manzur bo’ladi. Mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish yuksak darajada tashkil etilgan. O’zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik xalqingizning eng katta yutuqlaridandir.

Bertilda Gyunter (Germaniya):

— O’zbekistondek go’zal mamlakatga kelganimdan juda baxtiyorman. Yurtingizda barcha jabhalarda, jumladan, moda va dizayn sohasida katta ishlar amalga oshirilayotganiga, soha izchil ravnaq topayotganiga, yosh modelyerlar har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotganiga guvoh bo’ldim. Binobarin, mamlakatingizda moda va dizayn sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur omillar - iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik, ajoyib intellektual g’oyalar mavjud. O’zim ham shu sohada faoliyat yuritayotganim bois qayerga bormay o’sha yurtning xotin-qizlari kiygan liboslarga alohida e’tibor qarataman. O’zbekistonda xotin-qizlar g’oyat did bilan, o’ziga xos uslubda ― milliy va zamonaviy dizaynni uyg’unlashtirgan holda kiyinishiga havas qildim.

Latofatli ayollaringizning yuz-ko’zida farovon hayotidan mamnunlik, baxtiyorlik hissi mujassam. Bu O’zbekistonda xotin-qizlar alohida e’tibor va g’amxo’rlik og’ushida ekanidan, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mavqyei yuqori, qadr-qimmati cheksiz ekanidan dalolatdir.

Abdulhamid Abbos (BAA):

— Mamlakatingizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar berayotgan samaralar hayratlanarlidir. Ayniqsa, iqtisodiy jabhada havas qilsa arzigulik ulkan o’zgarishlar ro’y berib, keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, bu omillar xorijiy tadbirkorlarning hamkorlikka qiziqishini oshirmoqda. Bu yerda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, muvaffaqiyatli biznes yuritish imkonining katta ekani ko’pchilik qatori meni ham befarq qoldirmadi. O’zbekistonda oziq-ovqat sanoati bo’yicha biznesni yo’lga qo’yishni niyat qildim.

O’zbekistondagi mahobatli inshootlar, maqbarayu masjidlar va muqaddas qadamjolarning go’zalligi va ahamiyatini ta’riflashga so’z ojiz. Aytish joizki, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek kabi ulug’ allomalar dunyo ilm-fanining rivojiga benazir hissa qo’shgan. Ularning munosib avlodlari bo’lmish O’zbekiston yoshlari ham ulkan intellektual va jismoniy salohiyati bilan olamshumul yutuqlarni qo’lga kiritib, dunyoga dong taratmoqda. Ajdodlari dono, avlodlari zukko yurt ― obod va ozod O’zbekistonning har kuni osuda, tinch va xotirjam o’tayotgani, osmoni musaffo ekani xalqingizga Yaratgan tomonidan in’om etilgan oliy ne’matdir.

WWW.UZA.UZ