Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTONNING ASOSIY QOMUSI MAMLAKATNING UZOQ MUDDATLI RIVOJLANISH YO’NALISHINI ANIQ BELGILAB BERDI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTONNING ASOSIY QOMUSI MAMLAKATNING UZOQ MUDDATLI RIVOJLANISH YO'NALISHINI ANIQ BELGILAB BERDI”

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi arafasida MDH Ijroiya qo’mitasi raisi - Ijrochi kotibi Sergey Lebedev “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida ushbu bayram munosabati bilan o’zbek xalqiga tabrik yo’lladi hamda mamlakatimizning zamonaviy rivojlanishi xususida o’z taassurotlarini bilan o’rtoqlashdi.

— O’zbekistonning asosiy qomusi davlat va xalqning oliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni ta’minlash yo’lida mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish yo’nalishini aniq belgiladi.

Bu jarayonda 2010-yilning noyabr oyida Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi O’zbekistonning yangi rivojlanish bosqichini ochib bergani va Konstitutsiyasining asosiy normalarini amalga oshirish doirasida demokratik islohotlar strategiyasining mantiqiy davomini belgilagani e’tiborga loyiqdir.

Konsepsiyada bayon etilgan qonunchilik tashabbuslari asosida Prezident, parlament, hukumat va sud organlari hokimiyat tarmoqlari hamda vakolatlarini ajratish konstitutsiyaviy prinsipi ijrosi va yanada rivojlanishini ta’minlab bergan ba’zi o’zgartirishlar kiritilgan. Bu Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi roli va ahamiyatini oshirdi hamda davlatning ichki va tashqi siyosati shakllanishida mazkur oliy qonunchilik organi pozitsiyasi hamda imkoniyatlarini kuchaytirdi.

Qonunchilik palatasida mamlakatning Bosh vaziri lavozimiga nomzodlarni eng ko’p deputatlik o’rinlariga ega bo’lgan siyosiy partiyalar taqdim etishi singari muhim institutlar tashkil etildi. Konstitutsiyada hokimiyatning barcha tarmoqlari teng huquqliligi va muvozanatini ta’minlovchi parlamentning hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi va boshqalarni e’lon qilish huquqi belgilangan.

Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar sud hokimiyatining erkinligini ta’minladi. Konstitutsiyada har bir insonning yashash huquqi bo’yicha nizomni amalga tadbiq qilish doirasida 2008-yilning 1-yanvaridan mamlakatda o’lim jazosi bekor qilindi.

Mamlakatning asosiy qomusini hayotga izchil tadbiq qilinishi respublika iqtisodiyoti rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatayotir. Hatto inqiroz davrida ham 2008-2009-yillarda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati 8-9 foizni tashkil etdi.

O’zbekistonda sodir bo’layotgan voqealar, erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqidagi ma’lumotlar quvonarli holdir. O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligini rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqda. Joriy yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida MDH kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qilgan chog’imda mamlakatda yuz bergan ijobiy o’zgarishlarning guvohi bo’ldim hamda saylovlar qonunchilikka muvofiq holda olib borilishiga yana bir bor ishonch hosil qildim.

MDH Kuzatuvchilari missiyasi a’zolari ham o’tgan yili bo’lib o’tgan parlament saylovlari natijalari bo’yicha ana shunday xulosalarga kelgan edi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilgan. Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni taqdim etish huquqiga ega edi.

MDH missiyasining ta’kidlashicha, saylovlar raqobat ruhida, ochiq va shaffof tarzda o’tkazilgan bo’lib, bugun respublika navbatdagi bayramini nishonlayotgan Konstitutsiyada fuqarolar o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish ta’minlanishi begilangan.

Fursatdan foydalanib, respublika rahbariyati va O’zbekiston xalqini umumxalq bayrami - Konstitutsiya kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

“Jahon” AA, Minsk