Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTONNING SAYYOHLIK SALOHIYATI SHANXAYDA TAQDIM ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTONNING SAYYOHLIK SALOHIYATI SHANXAYDA TAQDIM ETILDI

Xitoyning Shanxay universitetida Madaniy qadriyatlar XI xalqaro yarmarkasi bo’lib o’tdi. Akademik, madaniy, jamoatchilik doiralari va ommaviy axborot vositalarining vakillari ushbu tadbirning ishtirokchilari bo’ldilar.

O’zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Bosh konsulligi mazkur yarmarkada mamlakatimizni namoyon etdi. Milliy uslubda bezatilgan O’zbekiston bo’lmasida o’lkamizning sayyohlik salohiyati va xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda respublikamizda sayyohlik industriyasini rivojlantirish bo’yicha hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar taqdimoti bo’lib o’tdi. Shu bilan birga, O’zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari, ya’ni ma’lum va mashhur qadamjolari haqida hikoya qiladigan hujjatli film namoyishi ham yarmarka ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Tadbir doirasida uning qatnashchilari o’zbek milliy oshxonasi taomlaridan tatib ko’rish imkoniyatiga ham ega bo’ldilar.

O’zbekiston bo’lmasi bilan tanishgan Shanxay Ijtimoiy fanlar akademiyasi direktorining o’rinbosari Li Ixay mamlakatimizga bir necha marotaba borganini ma’lum qilar ekan, har safar yurtimizdan iliq va sira unutilmas taassurotlar bilan qaytganini aytdi.

— Navro’z kunlari O’zbekistonga borganim hali-hamon yodimda, - dedi u “Jahon” axborot agentligi uchun intervyu berar ekan. - Bu bayramning juda ko’tarinki ruhda nishonlanishi, hamma joyda sumalak va boshqa bahor taomlari tayyorlanishi, xalq sayillari va bayram tomoshalari xuddi kechagidek ko’z o’ngimda turadi. O’zbekistonning rivojlanishini hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni Xitoyda diqqat bilan kuzatib borishadi. Ishonchim komilki, hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar mamlakatingizning izchil taraqqiyotiga, tinchlik va hamjihatlik muhitining mustahkamlanishi hamda aholi farovonligining yuksalishiga ko’maklashadi.

“Jahon” AA, Shanxay