O’ZBEKISTONNING SAYYOHLIK SALOHIYATI VENADA TAQDIM ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Avstriya poytaxtida “O’zbekiston - Sharq gavhari” mavzuiga bag’ishlangan mamlakatimiz sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo’lib o’tdi.
O’zbekistonning Venadagi elchixonasi tomonidan “Airtour Austria” va “Studiosus Riesen Munchen GmbH” sayyohlik kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Avstriyaning siyosiy, akademik va ishbilarmon doiralari hamda Venada akkreditatsiyadan o’tgan diplomatiya korpusining vakillari ishtirok etdilar. Ular respublikamiz sayyohlik jabhasida erishilgan muvaffaqiyatlar, uning xorijlik sayyohlarni jalb etish bo’yicha imkoniyatlari bilan atroflicha tanishdilar. Qayd etilganidek, mamlakatimizga kelayotgan chet ellik sayyohlarning soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Taqdimot chog’ida mamlakatimiz bag’rida joylashgan bebaho me’moriy yodgorliklarni asrab avaylash, yuqori darajadagi xalqaro andozalarga javob beradigan zamonaviy mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog’liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Elchixona tomonidan suratlar ekspozitsiyasi hamda mamlakatimizning ulkan sayyohlik salohiyati haqida hikoya qiladigan hujjatli film namoyish etildi.
O’zbekistonni o’z ko’zi bilan ko’rishni istayotgan avstriyalik sayyohlar tobora ko’payib borayotgani, respublikadagi qulay iqtisodiy sharoit va siyosiy barqarorlik O’zbekistonda sayyohlik jabhasini izchil rivojlantirishga ko’maklashayotgani tadbir ishtirokchilari tomonidan bir necha marotaba qayd etildi.
“Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida “Airtour Austria” kompaniyasining boshqaruvchi direktori Piter Galxoffer bugungi kunda butun Yevropada O’zbekistonga, uning tarixi va madaniyatiga nisbatan qiziqish tobora ortib borayotganini aytdi. U O’zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar zamon talabiga monand xizmatlardan bahramand bo’lishayotganini e’tirof etdi. Shuningdek, P.Galxoffer joriy yili O’zbekistonga borishni istagan sayyohlarning soni sezilarli darajada oshganini ma’lum qildi. “Shu bois Avtriyada O’zbekistonning tarixiy shaharlariga o’ttizdan ziyod sayyohlar guruhini yuborishni rejalashtirmoqdamiz”, dedi u.
O’z navbatida, “Studiosus Riesen Munchen GmbH” kompaniyasi menejeri Andrea Shlippe ham uzoq yillardan beri O’zbekiston bilan ishlayotgani va har yili ko’plab sayyohlarni mamlakatimizga yuborayotganini ma’lum qildi. Uning fikr bildirishicha, so’nggi yillar mobaynida O’zbekiston sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiyalash borasida salmoqli taraqqiyotga erishdi.
U eng avvalo ajoyib tarixiy me’moriy yodgorliklar sayyohlar e’tiborini tortayotganini aytdi. A.Shlippe ham “Studiosus Riesen Munchen GmbH” kompaniyasi tomonidan mamlakatimizga yuboriladigan sayyohlarning soni bu yil yanada oshishini ma’lum qildi.
“Jahon” AA, Vena