“O‘ZQURILISHMATERIALLARI” AKSIYADORLIK KOMPANIYASIDA JORIY YIL 1-CHORAK VAZIFALARI BAJARILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning I chorak natijalariga ko’ra, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasida barcha tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining barqaror yuqori o’sish sur‘atlari ta‘minlandi. Jumladan, “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi tomonidan 2015-yilning I choragi yakuni bo‘yicha jami 475,2 mlrd.so‘m sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur‘ati 2014-yilning mos davriga nisbatan nisbiy narxlarda 4,6% tashkil qildi, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Ushbu davrda 38,31 mlrd.so‘m iste‘mol tovarlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur‘ati 2014-yilga nisbatan 107,1% tashkil etdi.
O‘tgan hisobot davrida: 1696,7 ming tonna sement (o‘sish sur‘ati 102,7%), 1834 ming kv.m. qurilish oynasi (119,7%), 8,9 mln.dona devorbop materiallar (153,6%), 189 ming kv.m keramik plitkalar (6,3 marta), 1,8 ming tonna yig‘ma temir-beton mahsulotlari (161,9%) va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Joriy yilning ushbu o‘tgan davrida 15,866 million AQSh dolllari miqdorida mahsulotlar eksport qilinib, belgilangan prognoz 100%ga bajarilib, o‘sish sur‘ati 2014-yilning mas davriga nisbatan 103,5% tashkil qildi.
Joriy yilning I choragi yakunlari bo‘yicha kompaniya tizimidagi korxonalarda 57 ta, jumladan investitsiya dasturidagi loyihalar bo‘yicha 10 ta, tarmoqni rivojlantirish dasturi doirasida 18 ta va kasanachilikda 29 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, belgilangan davr rejasi 109,6%ga bajarildi. 2015-yil Investitsiya dasturiga jami qiymati 67,6 million AQSH dollariga teng bo’lgan 13 ta loyiha kiritilgan bo’lib, shundan 21,1 million AQSH dollari xorijiy investitsiya va kreditlar asosida amalga oshiriladi.
“Jahon” AA