OCHIQ MA’LUMOTLAR PORTALINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HUKUMAT QARORI QABUL QILINDI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					2015 -yilning mart oyida sinov rejimida ishga tushirilgan O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini takomillashtirish, istiqbolda rivojlantirish yuzasidan 2015-yilning 7-avgustida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati.
Qaror “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, qonun maqsad-vazifalarini amalga oshirish, amalda tatbiq etish maqsadida qabul qilingan.
Ochiq ma’lumotlar portali O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali (www.gov.uz) doirasida faoliyat ko‘rsatadi. Portal jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlari faoliyatiga oid ma’lumotlarni mashina o‘qiydigan shaklda erkin foydalanish uchun bepul taqdim qiladi.
Portalni rivojlantirishga oid hukumat qaroriga muvofiq tasdiqlangan nizomda mazkur elektron resursni rivojlantirish, foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlarni taqdim qilish mexanizmini takomillashtirish, Portal operatori va ma’lumotlarni taqdim qiluvchi mas’ullar, Portal foydalanuvchilari bilan o‘zaro aloqalarni tartibga solish kabi chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Qarorga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini shakllantirib borish va istiqbolda rivojlantirish uchun mas’ul davlat organi etib belgilandi. Nizomda nazarda tutilganidek, davlat organlari o‘z vaqtida Ochiq ma’lumotlar portalini kerakli axborotlar bilan ta’minlash va ma’lumotlarni yangilab borishga bevosita javobgar hisoblanadi. Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklarning veb-saytlarida “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limini tashkil qilish va ma’lulmotlar bilan muntazam to‘ldirib borish vazifasi yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy saytlarida va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxati tasdiqlanib, Hukumat portalida e’lon qilinadi.
Bugungi kunda Ochiq ma’lumotlar portalida 50 ta davlat organlarining 511 turdagi ochiq ma’lumotlari e’lon qilingan va 83 ming marotabadan ziyod foydalanilgan. Jumladan, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Markaziy bank, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa davlat organlari tomonidan ochiq ma’lumotlar taqdim qilib kelinmoqda.
“Jahon” AA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















