Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OCHIQLIK VA OSHKORALIK KAFOLATI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OCHIQLIK VA OSHKORALIK KAFOLATI

O‘zbekiston katta siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlar arafasida turibdi. Saylovlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Yurtdoshlarimizning ongu tafakkuri o‘zgardi. Siyosiy ong va madaniyat o‘sib borayotgani, jamiyatda demokratiya, ochiqlik va oshkoralik ta’minlanayotgani yangi saylovlarda yana bir bor namoyon bo‘lishi shubhasiz. Ta’kidlash kerakki, bu yilgi saylovlar yaqinda qabul qilingan Saylov kodeksi asosida o‘tkaziladi. Ushbu hujjatda saylovlarni umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va prinsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora o‘tkazishga xizmat qiladigan o‘ttizdan ortiq yangi norma va qoidalar o‘z aksini topgan. Ilgari amalda bo‘lgan ko‘plab cheklovlar chiqarib tashlandi. Bo‘lajak saylovlardagi har bir ovoz e’tiborga olinadi va har bir fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Saylovlarda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik amalda keng ta’minlanadi. Muhim siyosiy voqelikka “Yangi O‘zbekiston, yangi saylovlar” degan shior tanlangani bejiz emas.

O‘zbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksi fuqarolik jamiyati institutlarining, xususan, mahallalarning saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi rolini sezilarli darajada kuchaytirdi.

Saylov kodeksi saylovlar ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda har bir fuqaro va tashkilotning rolini oshirishga xizmat qilishini alohida qayd etish zarur.

Avvalgi qonun-qoidalarga ko‘ra sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi va saylovda qatnashishi mumkin emas edi. Kodeksda ularning saylanishi mumkin emasligiga oid norma qoldirilib, “saylovda qatnashmaydilar” degan jumla chiqarib tashlandi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgani uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarda saylovda ishtirok etish, ya’ni saylash huquqi vujudga keldi. Ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari tuzilishiga doir tartiblar Kodeksning 10 va 27-moddalarida belgilab qo‘yildi.

Imkoniyati cheklangan shaxslarning saylovga oid konstitutsiyaviy huquqlarini kafolatlash maqsadida Kodeksning 31-moddasida saylov byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkinligi, 49-moddasida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxs­lar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish mahalliy davlat hokimiyati organlarining zimmasiga yuklatilishi, 50-moddasida ovoz berish xonalari yorug‘ va keng bo‘lishi, alohida kirish va chiqish joyi bo‘lishi, shuningdek, ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxs­lar uchun nishab yo‘lkalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozimligi qayd etilgan.

Ilgari mahalladan kuzatuvchilar faqat xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovidagina ishtirok etishi nazarda tutilgan edi. Endi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar barcha saylovlarda qatnashishi mumkinligi belgilandi. Bu saylovlar ustidan fuqarolik kuzatuvini, shaffoflikni ta’minlashga, saylov jarayoniga jamoatchilik ishonchi oshishiga omil bo‘lib xizmat qiladi.

Avval uchastka saylov komissiyalarining a’zolari jamoatchilikning obro‘li vakillari orasidan tayinlanadi, deb belgilab qo‘yish bilan cheklanilgan bo‘lsa, endi Kodeksning 23-moddasiga asosan uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilishi mustahkamlab qo‘yildi.

Bundan tashqari, Saylov kodeksining 14-moddasida Markaziy saylov komissiyasi jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hisobоtlarini tinglaydi va 15-moddada ularning Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishlarida ishtirok etishini ta’minlaydi.

Boshqacha aytganda, O‘zbekiston qonunchiligida fuqarolar va jamoat birlashmalarining saylovlarni kuzatish huquqi kafolatlangan. Kuzatuvning maqsadi – saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shu jumladan, saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

Bu esa fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishdagi imkoniyatlarini yanada oshirishga, vakillik organlari faoliyatini kengaytirish orqali davlat hokimiyatiga ta’sirini kuchaytirishga, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Ayon bo‘lyaptiki, respublikamizning har bir fuqarosi, shuningdek, har bir tashkilot saylovlarning ochiq-oshkoraligi va shaffof­ligi ta’minlanishiga muayyan hissa qo‘shishi uchun huquqiy asos yaratildi. Fuqarolar ushbu imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, yangi parlament va yangi mahalliy kengashlarni shakllantirishda faol qatnashishlariga ishonchimiz komil.

Nasimjon ALIMOV,

O‘zbekiston nodavlat notijorat
tashkilotlari milliy
assotsiatsiyasi Kengashi raisi v.b.