Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Odamlar bugunidan mamnun boʻlib, ertangi kuniga ishonch bilan yashashi kerak

2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Odamlar bugunidan mamnun boʻlib, ertangi kuniga ishonch bilan yashashi kerak

Nurafshon shahrida 3-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari oʻzi bevosita joylarga borib, rahbarlarni yuborib, eng dolzarb masalalar hal qilinayotgani, hamma joyda oʻzgarish boʻlayotgani, lekin Toshkent viloyati “uygʻonmayotgani”ni taʼkidladi.

Vaqt shiddat bilan oʻtyapti. Har bir kun, har bir daqiqa gʻanimat. Biz siyosatni belgilab, yangi-yangi imkoniyatlar yaratyapmiz. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib ishlab, natijani taʼminlashi kerak. Odamlar quruq gapni koʻtarmaydi. Toshkent viloyatida esa jonlanish kuzatilmayapti. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani tashabbus, deya murojaat qildi Shavkat Mirziyoyev yigʻilish ishtirokchilariga.

Katta iqtisodiy salohiyat mavjud boʻlaturib, viloyatdagi rezerv va imkoniyatlar toʻliq ishga solinmayotgani, sanoat sohasi hanuzgacha bir nechta yirik korxona bilan cheklanib qolayotgani koʻrsatib oʻtildi. Boʻka, Pskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji koʻrsatkichlari pastligicha qolmoqda. Quyi Chirchiq, Bekobod, Ohangaron, Pskent va Boʻka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat koʻrsatish hajmi mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 2-3 barobar kam.

Yigʻilishda tadbirkorlik va qishloq xoʻjaligi, bandlik, ijtimoiy sharoitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Prezident Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish oʻrinlari yaratish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi.

2019-2020 yillar uchun umumiy qiymati 39 trillion 833 milliard soʻmga teng 784 investitsiya loyihasidan iborat yangi hududiy dastur shakllantirilgani qayd etildi. Ularning 15 tasi davlat ahamiyatiga ega yirik loyiha boʻlsa, 769 tasi xususiy biznes va investorlar ishtirokida amalga oshiriladi.

Roʻyxatdan oʻtgan kichik biznes subyektlarining 17 foizi ishlamayotgani, Angren shahri va Chinoz tumanida bu koʻrsatkich 30-33 foizga chiqib ketgani tanqid qilindi. Ularning faoliyatini tiklash, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan oilalarga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida joriy yilda 350 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha topshiriq berildi. Talab boʻlsa, yana qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.

Nima uchun oilaviy tadbirkorlik, uylarda parrandachilik, chorvachilik, tomorqachilik boʻlsin, deyapmiz? Odamlarning daromadi oshishi, toʻlov qobiliyati yuqori boʻlishi kerak, dedi davlatimiz rahbari.

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida 470 gektar va “Boʻstonliq-farm” zonasida 20 gektar maydon hanuzgacha loyihalar bilan toʻldirilmagan. Shu sababli “Angren” erkin iqtisodiy zonasi Janubiy Koreyaning “Inchon” erkin iqtisodiy zonasiga ishonchli boshqaruvga berilgani maʼlum qilindi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyat hokimining investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosariga viloyatdagi 20-30 tadbirkorni tanlab, Koreya Respublikasiga xizmat safarini tashkil etish vazifasi topshirildi. Tadbirkorlar “Inchon” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan bevosita tanishadi.

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatidagi ijtimoiy va kommunal sohalarga oid masalalarga alohida eʼtibor qaratdi.

Viloyatda aholining atigi 64 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangani jiddiy muammo. Bu – hisobоt koʻrsatkichi. Amalda bu raqam 40-50 foiz. Boʻka, Quyi Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Nurafshon shahrida 30 foizga ham bormaydi. Shunday sharoitda rahbarlar qanday qilib kabinetda xotirjam oʻtiradi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu muammoni hal etish maqsadida joriy yilda 440 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 301 ta suv inshootida qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi 144 million dollarlik ushbu loyihaning birinchi bosqichi doirasida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Viloyatda dolzarb boʻlgan yana bir muammo ekologiya bilan bogʻliq. Toshkent shahridagi maishiy chiqindilar tashlanadigan Ohangaron tumanidagi poligon 98 foizga toʻlgan. Uni yopib, yangisini qurish kerak. Bu tozalik, aholi salomatligini taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega, dedi davlatimiz rahbari.

Ichimlik suvi, oqova tizimi obyektlari bilan birga umumiy oʻrta taʼlim va sogʻliqni saqlash, avtomobil yoʻllari bilan bogʻliq muammolarni tezkor hal qilish boʻyicha topshiriqlar berildi. Buning uchun qoʻyimcha ravishda 1 trillion 100 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi maʼlum qilindi.

Prezidentimiz Nurafshon shahrida bosh reja asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.

Bu shahar 2017-yili Toshkent viloyati maʼmuriy markaziga aylantirilib, masʼul idora va tashkilotlar shu yerga koʻchirildi, ularga zarur shart-sharoit yaratilmoqda. Oʻtgan yili shaharning bosh rejasi ishlab chiqildi.

Yangi maʼmuriy markazda aholi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, infratuzilma va kommunikatsiyalarni yangilash, poytaxtimizda boshlangan bunyodkorlik jarayonini viloyat markaziga ham keng yoyish maqsadida 246 gektar maydonda “Smart sity” qurish loyihalashtirilmoqda.

Toʻliq aqlli texnologiyalarga asoslanadigan ushbu “aqlli shaharcha” uch bosqichda barpo etiladi. Birinchi bosqichda jami 1792 kvartirali toʻqqiz va oʻn ikki qavatli uylar quriladi. Yangidan qad rostlaydigan Nurafshon universiteti yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashiga zamin yaratsa, yopiq sport majmuasida badiiy gimnastika, tennis, kurash va qilichbozlik kabi sport turlari boʻyicha yirik musobaqalar oʻtkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev yaqinda poytaxtimizdagi Chilonzor tumanining Bogʻiston koʻchasida qurilayotgan 9 qavatli uylar bilan tanishish chogʻida bunday turar joylarni viloyat markazlarida ham barpo etish zarurligini taʼkidlagan edi. Ushbu tavsiya asosida Nurafshonda 21 ta shunday uy qurish boʻyicha loyiha ishlab chiqildi. Shuningdek, 360 oʻrinli bogʻcha, 1 ming 200 oʻrinli maktab, madaniy-maishiy obyektlar, dam olish hududlari barpo etiladi.

Nurafshon mamlakatimizda shaharsozlik boʻyicha yangi tajriba maydoni boʻlmoqda. Bu yerdagi shart-sharoit, ijtimoiy soha obyektlari Toshkentdagidan kam boʻlmasligi, aksincha, raqobatlashadigan boʻlishi kerak. Albatta, buning uchun har bir loyihani puxta ishlash, uzoqni koʻzlab ish tutish kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Nurafshonda kanalizatsiya tarmogʻi umuman talabga javob bermas edi. Mavjud tozalash inshooti butun shaharni qamrab ololmaydi. Shu bois qurilish davomida muhandislik kommunikatsiyalari butunlay yangilanadi.

Shaharning markaziy Toshkent yoʻli koʻchasi ham yangidan barpo etilmoqda. Koʻcha boʻyidagi bir qavatli eski imoratlar oʻrnida 7 va 9 qavatli uylar, servis shoxobchalari, salomatlik markazlari, gipermarketlar qurilishi boshlangan. Har bir bino oldida avtomobil toʻxtash joylari boʻlishi koʻzda tutilgan.

Toʻrt polosali magistral avtomobil yoʻli bilan birga ichki yoʻl ham qurilyapti. Velosiped va piyodalar yoʻlakchalariga joy ajratilgan. Irrigatsiya tarmoqlari uchun yangi turdagi yopiq lotoklar oʻrnatilib, koʻcha boʻylari koʻkalamzorlashtirilmoqda.

Toshkent yoʻli koʻchasida tirbandlikning oldini olish maqsadida shaharning kirish qismidan “Smart sity” markaziga boradigan yangi 4 kilometrlik koʻcha qurilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda aholini ish bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari barpo etish uchun 100 gektarlik texnopark yaratish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Prezidentga viloyat aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihalari ham taqdim qilindi. Davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida 2022-yilga borib, viloyat aholisining ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasini 92 foizga yetkazish imkonini beradigan ushbu loyihalar uchun xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari jalb etiladi.

Oʻrta Chirchiq tumanidagi 50 gektar maydonda innovatsion savdo majmuasi qurilishi moʻljallanmoqda. Loyiha qiymati 50 million dollar boʻlgan majmuada 5 mingta doʻkon joylashadi, 10 mingdan ziyod ish oʻrni yaratiladi. 2021-yilda ishga tushiriladigan majmuada noozoq-ovqat mahsulotlari, maishiy tovarlar, qurilish materiallari savdosi yoʻlga qoʻyiladi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati mamlakatimizning muhim logistika markazi ekanini, yirik savdo va xizmat koʻrsatish majmualarini qurishda hududning shu imkoniyatini eʼtiborga olish lozimligini taʼkidladi. Har bir loyihani sifatli va oʻz muddatida amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

www.uza.uz