OLIMPIADAGA YO‘LLANMALAR TOSHKENTDA BERILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O‘zbekiston” sport majmuasida joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati bahslari boshlandi.
Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada qit’amizning o‘ttizdan ziyod davlatidan uch yuzga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar bilan birga Olimpiada yo‘llanmalari uchun bellashmoqda.
24-aprel kuni “O‘zbekiston” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining ochilish marosimi bo‘ldi.
Maydonga chempionat ishtirokchilari – o‘ttizdan ziyod mamlakat terma jamoalari kirib keldi.
– Qit’amiz sportchilarini Olimpiadaga saralab beradigan g‘oyat muhim sport anjumanini o‘tkazish huquqi O‘zbekistonga berilgani bejiz emas, – deydi Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Prezidenti Tomash Ayan. – Mamlakatingizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, yurtingizning ulkan sport salohiyati, yaratilgan keng imkoniyatlar, xalqingizning mehmondo‘stligi xalqaro sport jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etiladi. O‘zbekistonda har qanday yirik musobaqani yuqori saviyada tashkil etish uchun yetarli shart-sharoit yaratilgan.
O‘zbekiston og‘ir atletika maktabining mavqei bugun nafaqat qit’a, balki jahonda o‘z o‘rniga ega.
Og‘ir atletikachilarimiz turli nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda. 2015-yilgi sport mavsumida Iordaniyada yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo kubogida O‘zbekiston sportchilari 15 oltin va 12 kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Mamlakatimiz sportchilari, murabbiy va mutaxassislar 2016-yil Braziliyada bo‘ladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori bunda dasturilamal bo‘lmoqda.
Toshkent shahrida boshlangan Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini Ruslan Nurudinov, Ivan Yefremov, Ulug‘bek Alimov, Sardorbek Do‘stmurodov, Rustam Jangaboyev, Doston Yoqubov, Muhammad Begaliyev, Adham Ergashev, Marina Sisoyeva, Lola Qodirova, Muattar Nabiyeva, Gulnoza Ahmedova, Manzura Mamasoliyeva, Omadoy Otaqo‘ziyeva, Dina Tojiyeva singari tajribali sportchilarimiz himoya qilmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Zokirov so‘zga chiqdi.