OLIMPIYA SHAHARCHASIDA O‘ZBEKISTON BAYROG‘I KO‘TARILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

oriy yil 2 avgust kuni Rio-de-Janeyroning (Braziliya) Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tantanali tadbirda bir kun oldin yetib kelgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari, XXXI yozgi Olimpiya o’yinlari-2016 tashkiliy qo‘mitasi hamda Rio-de-Janeyro ma’muriyati vakillari ishtirok etdilar.
Olimpiya shaharchasi meri, basketbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionidek sharafli unvonga sazovor bo‘lgan Janet dus Santush Arkain Olimpiadadagi O‘zbekiston delegatsiyasini qutlar ekan, bo‘lajak musobaqalarda omad va zafarlar tiladi.
Marosim yakunida Olimpiya shaharchasi meriga minnatdorlik bildirildi hamda o‘zbek delegatsiyasi nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz: Olimpiya o‘yinlarining ochilishi marosimi 5 avgust, juma kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning qariyb 100 nafar sportchisi quyidagi sport turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etadi: akademik eshkak eshish, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, yengil va og‘ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvando (WTF), tennis, trampolin, o‘q otish, erkin va yunon-rim kurashi.
“Jahon” AA