Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash koʻlami kengayadi

2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Parlament saylovlari 2019 yil Parlament saylovlari 2019 yil O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash koʻlami kengayadi

Mamlakatimizda keyingi yillarda taʼlim sohasini rivojlantirish, bu borada malakali pedagog kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 27-fevraldagi “Pedagogik taʼlim sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar ijrosi haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Bayram OTEMURATOV OʻzA muxbiriga quyidagilarni soʻzlab berdi.

– Pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirish davr talabiga aylangan edi, – dedi B.Otemuratov. – Tarbiya va oʻqitish usullari, axborot-kommunikatsiya hamda xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirgan, taʼlim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional kadrlar tayyorlash, pedagog kasbiga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish kerak edi.

Qarorda 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash oʻqish muddati 3 yil boʻlgan bakalavriat taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik taʼlim sohasining ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari belgilandi. Bu “Musiqa taʼlimi”, “Jismoniy madaniyat”, “Texnologik taʼlim”, “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim”, “Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi”, “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport” yoʻnalishlaridir.

Yuqoridagi yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga talab yuqori ekanini hisobga oladigan boʻlsak, oʻquv muddati 3 yil etib belgilanishi kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qoplash imkonini beradi. Tahlillar koʻpgina umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, musiqa maktablari, jismoniy va sport maktablarida mutaxassislarga ehtiyoj yuqori ekanini koʻrsatadi.

Masalan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 36 ming 40 nafar oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan 26 ming 641 nafari ayollar (73,9 foiz), 31 ming 750 nafari oliy maʼlumotli (88,1 foiz), 882 nafari tugallanmagan oliy (2,4 foiz), 3 ming 408 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli (9,5 foiz) pedagoglardir.

Bugungi kunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8 ming 52 nafar boshlangʻich sinf oʻqituvchisining 29 foizi oʻrta maxsus maʼlumotli boʻlsa, Beruniy tumanida 49 foiz, Toʻrtkoʻl tumanida 43 foiz, Chimboy tumanida 38 foiz, Taxtakoʻpir tumanida 37 foiz, Shumanay, Ellikqalʼa va Qoraoʻzak tumanlarida 32 foizdir.

Байрам ОТЕМУРАТОВ.jpg

Hozirgi kunga qadar oʻrta maʼlumotli pedagog kadrlarning oʻrnini oliy maʼlumotga ega pedagog kadrlar bilan toʻldirish ishlari olib borilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi jami 3 ming 408 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlarning 2020-2021 oʻquv yilida 1050 nafari kadrlar tayyorlash oʻqish muddati 3 yil boʻlgan bakalavriat taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻqishga topshirishi rejalashtirilmoqda.

Hududda 725 umumtaʼlim muassasasi, madaniyat vazirligi tizimida 23 taʼlim maskani bor. 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlashning oʻqish muddati 3 yil etib belgilangan, oʻquv rejasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan edi.

Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami maktabgacha taʼlim tashkilotlari 822 tani tashkil etadi. Shundan 400 tasi davlat tasarrufida, 422 tasi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 3-7 yoshli bolalar 155 ming 561 nafarni tashkil etadi. Shularni hisobga olib aytish mumkinki, tarbiyachi mutaxassislarga muhtojlik katta.

Shuningdek, tor mutaxassisliklar, yaʼni dasturchilar, operatorlar, texnolog kadrlar tayyorlashga ham eʼtiborni kuchaytirish kerak. Chunki, ular koʻpincha amaliyotda mutaxassis sifatida shakllanadi.

Umuman olganda, oliy taʼlim olish mustaqil jarayon hisoblanib, professor-oʻqituvchilar 3 yil mobaynida talabalarning mustaqil taʼlim olishida hamkorlikda faoliyat yuritib, asosan nazariyaga nisbatan amaliyotga koʻproq eʼtibor qaratish orqali sifatli taʼlimni tashkil etishi mumkin.

OʻzA