Oliy Majlis Senati raisi va BAA Oilani rivojlantirish jamg‘armasi Oliy raisi hamrorlik iqtiqbollarini muhokama qildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Oliy Majlisb Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarining Oilani rivojlantirish jamg‘armasi Oliy raisi Fotima bint Muborak bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikkala davlat yetakchilari olib borayotgan islohotlar, hamkorlik aloqalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Fotima bint Muborak O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuchli siyosiy irodasi tufayli amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda mamlakat taraqqiyoti va rivojlanishi yo‘lida sobit qadamlilik bilan ish olib borilayotganini alohida qayd etib o‘tdi.
Shuningdek, keyingi yillarda O‘zbekistonda gender tenglik, xotin-qizlarni jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish masalalarida erishilgan ijobiy yutuqlarni yuqori baholab, ushbu yo‘nalishda ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikni kuchaytirish taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Shu bilan birga uchrashuv davomida Amirliklar tarafi O‘zbekistonda ayollarni kasbga o‘rgatish, xususan, nafaqat kasanachilik, to‘qimachilik sanoati, balki axborot texnologiyalari sohalarida ham ayollarning salohiyatini oshirishga davlat darajasida alohida eʼtibor berilayotganligini, shuningdek, qishloq hududlarida ayollar bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni eʼtirof etdi.
Bundan tashqari, tomonlar xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi rolini oshirish va oila institutini har tomonlama mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston va BAAda olib borilayotgan islohotlar, xotin-qizlarning davlat rivojidagi hissasi, ushbu yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlik va tajriba almashish kabi masalalalarga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, BAAga kelib turli sabablar tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolayotgan o‘zbek ayollari borasida ham o‘zaro fikr almashilib, bunday ayollarga har tomonlama ko‘mak berish masalasi ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ayollar imkoniyatlarini kengaytirish soxasida xamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va BAAning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida talaba qizlar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkor ayollari forumini o‘tkazish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
“Dunyo” AA