OLIY MAJLIS SENATIDA MAMLAKATIMIZ ATROF MUHITINI MUHOFAZA QILISH VA TABIIY RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bilan hamkorlikda Agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 22 yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida so’zlagan nutqida hamda 23 yanvarda Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalarni ijro etish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yilga va kelgusi yillarga mo’ljallangan Harakat dasturini ro’yobga chiqarish doirasida tashkil etilgan “O’zbekiston Respublikasi atrof muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish masalalari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi, deb xabar beradi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining matbuot xizmati.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, oliy o’quv yurtlari vakillari, energiyaning qayta tiklanadigan manbalarini joriy etish sohasida faoliyat ko’rsatadigan korxonalar rahbarlari, ekologiya va ta’lim sohasi olimlari hamda mutaxassislari, shuningdek NNT va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan resurs tejash prinsiplarini amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning yuqori ustuvorligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarida kam chiqindi chiqaradigan, resurs tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga doir tabiatni muhofaza qilish siyosatini amalga oshirishda tabiatdan foydalanuvchilarning manfaatlarini rag’batlantirish zarurligi haqida ham takliflar bildirildi.
Muhokama yakunlariga ko’ra, davra suhbati ishtirokchilari tomonidan tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
“Jahon” AA