Omonxona – Tog‘ bag‘ridagi mo‘jiza, shifo va ilhom manbai
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Surxondaryoning betakror tog‘lari bag‘rida, go‘zal tabiati qo‘ynida bir maskan bor – bu Omonxona. Bu qishloq shunchaki oddiy joy emas, balki tabiat, tarix va inson qalbi uyg‘unlashgan haqiqatdan ham betakror manzil. Omonxona – yuraklarni rom etuvchi go‘zallik, tan-u jonga shifo bag‘ishlovchi buloqlar, qadimiy an’analar va samimiy mehmondo‘stlik timsoli.
Omonxonaga qadam qo‘ygan sayyoh o‘zini go‘yo boshqa dunyoga kirib qolgandek his qiladi: zilol, muzdek shifobaxsh suvlari tanani tozalasa, tog‘lar yon-bag‘rida sokin manzara qalbga taskin beradi. Bu yerda tabiiy boyliklar zamonaviy turizm bilan ajoyib uyg‘unlashgan: dor yo‘llar, dam olish zonalari, mehmonxonalar va oilaviy uylarda nafaqat hordiq, balki ruhiy yangilanish ham topasiz.
Bu yerning eng noyob ne’mati — zilol va mineral moddalarga boy buloq suvi. Mahalliy aholi bu suvni “hayot eliksiri” deb ataydi: u ichki a’zolar faoliyatini yaxshilaydi, asab tizimini tinchlantiradi va tabiiy ravishda organizmni tozalaydi. Har yili so‘lim maskanda minglab mahalliy va xorijiy sayohatchilar salomatligini tiklaydi. Misol uchun, 2024-yilda 100 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan va bu son yildan-yilga oshib bormoqda.
Aynan shu shifobaxsh suv manbai atrofida zamonaviy sanatoriy va sog‘lomlashtirish maskanlari barpo etilmoqda. Bu loyihalar Omonxonani nafaqat dam olish, balki salomatlikni tiklash va ruhiy yangilanish uchun ham mukammal maskanga aylantirmoqda.
Qadimiy hunarmandchilik san’atini asrab-avaylayotgan, milliy taomlarni muhabbat bilan tayyorlaydigan, mehmonni Alloh mehmoni deb qarshi oladigan mehribon insonlari Omonxonani yanada jozibador qiladi.
Bugun Omonxona – Surxondaryo viloyatining faxri, O‘zbekiston turizmining durdonasi, dunyo sayyohlari uchun esa kashf etilishi kerak bo‘lgan bebaho xazina. U o‘zining tabiiy mo‘jizalari, barhayot merosi va zamonaviy turizm yondashuvi bilan O‘zbekistonning borish kerak bo‘lgan manzilidir.